142
Fiskal siyosat
– 1) hukumat tomonidan qo’yilgan makroiqtisodiy
maqsadlarga erishish uchun hukumatning xarajat va soliq funksiyalarini ongli
ravishda qo’llash; 2) byudjet, soliq va boshqa moliyaviy imkoniyatlarni
boshqarish sohasidagi chora-tadbirlar yordamida hukumat tomonidan tadbir-
korlik faolligini tartibga solish.
Qayta moliyalashtirish
– 1) yangi zayomlar chiqarish orqali davlat qar-
zini qoplash, bunda asosan qisqa muddatli majburiyatlar yoki qoplash muddati
tugayotgan majburiyatlar, uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar almashtiriladi; 2)
qarz, zayom muddatini uzaytirish va (yoki) uning summasini oshirish; 3) krеdit
shartlarini o’zgartirish (qoplash grafigi, foiz stavkasi).
G’aznachilik
– Davlat byudjetining ijrosini amalga oshiruvchi maxsus
vakolatli moliyaviy organ.
Xarajatlar smеtasi
– tashkilot tomonidan joriy moliya yili uchun
tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo’lib, unda tashkilot uchun mo’ljallangan
byudjet ajratmalari (xarajatlar rеjasi) xarajatlar moddalari bo’yicha aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: