Moliya va soliqlar


Quyidagilar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə107/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   214
Moliya va soliqlar

Quyidagilar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi:
1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni eksportga (eksportning bojxona tartib-taomillarida) realizatsiya qilish, bundan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan, qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketish sharti bilan berish;
3) ixtisoslashtirilgan gaz ta’minoti korxonalari orqali aholiga suyultirilgan gazni maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga quyidagi aksiz to‘lanadigan tovarlarni:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirish;
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar orqali xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida olib kirish;
agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan bo‘lsa, xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kirish;
5) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilish. O‘zbekiston Respublikasi hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirishning eng yuqori normalari qonun hujjatlarida belgilanadi;
6) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari.
Soliq bazasi belgilangan soliq stavkalariga qarab aksiz to‘lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan soliq stavkalari mutlaq (qat’iy) summada belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi aksiz to‘lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ishlab chiqarilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) soliq stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi bo‘lib realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati, biroq ularning haqiqiy tannarxidan past bo‘lmagan qiymati hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar mehnatiga haq to‘lash, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga bepul yoki boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq bazasi belgilangan tartibda aniqlanadi.
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq bazasi aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlarning qiymatini hamda qaytarish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallarning qiymatini o‘z ichiga oladi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan qat’iy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat bo‘lgan aralash soliq stavkalari belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi, boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan hamda realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Chetdan olib kirilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan foizlardagi (advalor) soliq stavkalari belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati asosida aniqlanadi.
Olib kirilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi import qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarning natura holidagi hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Olib kirilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan qat’iy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat bo‘lgan aralash soliq stavkalari belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi bojxona qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan, aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan va (yoki) aksiz to‘lanadigan tovarlarning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilish chog‘ida realizatsiya qilingan va (yoki) shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan benzinning, dizel yoqilg‘isi va gazning naturada ifodalangan hajmi soliq bazasi hisoblanadi
2. Aksiz to‘lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) ro‘yxati va ularga doir soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan tasdiqlanadi.
Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan o‘lchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qat’iy belgilangan), shuningdek advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalarini o‘z ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi.
2-jadval
O‘zbekiston respublikasida ishlab chiqariladigan (xizmat ko‘rsatiladigan), aksiz solig‘i solinadigan tovarlarga (xizmatlarga) aksiz solig‘i
stavkalari5


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin