Moliya va soliqlar


Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va soliq to‘lash tartibi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə103/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   214
Moliya va soliqlar

4. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va soliq to‘lash tartibi.
KKS summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo’lgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi (Soliq Kodeksining 265-moddasi). Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli bo’lgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini ko’paytiradigan yoki kamaytiradigan barcha o’zgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga ko’ra hisoblab chiqariladi.
Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasini aniqlashda, agar ushbu Kodeksning 267-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo’yicha to’langan (to’lanishi lozim bo’lgan) soliq summasini hisobga olish orqali soliq Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirishga, quyidagi shartlarni bir vaqtda bajargan taqdirda, haqli bo’ladi:
1)soliq to’lovchining tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat ko’rsatish) bilan bog’liq faoliyatini amalga oshirish chog’ida tovarlardan (xizmatlardan), foydalanilganda realizatsiya qilish bo’yicha aylanmasiga soliq solinishi, shu jumladan nolь stavka bo’yicha soliq solinishi lozim bo’lganda;
2)olingan tovarlarga (xizmatlarga) soliq to’lovchi tomonidan hisobvaraq-faktura yoki yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan soliq summasi alohida ajratib ko’rsatilgan boshqa hujjat olinganda hamda tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi soliq to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tkazilganda;
3)tovarlar olib kirilgan (import qilingan) taqdirda soliq byudjetga to’langanda;
4)ushbu Kodeksning 255 va 256-moddalarida nazarda tutilgan hollarda soliq byudjetga to’langanda;
5)nolь darajali stavka bo’yicha soliq solinadigan tovarlar eksportida chet ellik sotib oluvchi (to’lovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq to’langanligini tasdiqlovchi bank hujjatidan ko’chirma mavjud bo’lsa.
Nolь darajali stavka bo’yicha soliq solinadigan tovarlarni eksportga realizatsiya qilish aylanmasi maqsadida foydalaniladigan, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan (to’langan) soliq tovarlar eksportidan soliq to’lovchining O’zbekiston Respublikasidagi bank hisobvarag’iga kelib tushgan valyuta tushumining ulushida hisobga olinadi.
Nolь darajali stavka bo’yicha tortiladigan tovarlar eksporti vositachilik, topshiriq shartnomasi bo’yicha vositachi, ishonchli vakil orqali amalga oshirilgan taqdirda, soliq vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq to’lovchining hisobvarag’iga kelib tushgan valyuta tushumining summasi ulushida hisobga olinadi.
Аgar soliq to’lovchi soliq solinadigan va soliq solishdan ozod etiladigan aylanmalarni amalga oshirsa, soliq solinadigan aylanmaga
to’g’ri keladigan soliq summasi hisobga olish uchun qabul qilinadi. Hisobgao’tkazilishi lozim bo’lgan soliq summasi soliq to’lovchining tanloviga ko’ra alohida-alohida usulda va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi. Аlohida-alohida usul bo’yicha soliq to’lovchi soliq solinadigan
va soliq solishdan ozod etilgan aylanmalar uchun foydalaniladigan, olingan tovarlarning (xizmatlarning) hamda ular bo’yicha to’langan soliq summalarining alohida-alohida hisobini yuritadi. Bunda alohida-alohida hisobni yuritish imkoni bo’lmagan umumiy xarajatlar bo’yicha
xarajatlarni ajratish mutanosib usulda amalga oshiriladi.
Mutanosib usul bo’yicha soliq to’lovchi tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinadigan soliq summasi soliq solinadigan aylanma summasining
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish (soliqni hisobga olmasdan) bo’yicha aylanmaning umumiy summasidagi joriy kalendarь yil ichida o’sib boruvchi yakun bilan aniqlanadigan solishtirma miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi har bir soliq davri yakunlari bo’yicha, solik Kodeksining 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilib, hisobga olinishi va tuzatish kiritilishi lozim bo’lgan summalar hisobga olingan holda hisoblab chiqariladi.
O’zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog’idagi soliq summasi bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq byudjetga to’lanadi. Аgar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi salbiy bo’lsa, soliq to’lovchi mazkur summaning o’rnini solik Kodeksning 274-moddasida belgilangan tartibda qoplash huquqiga ega bo’ladi.
Soliq to’lovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq hisobotini o’zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga o’tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart.
Solik Kodeksning 272-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqni to’lash agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq hisobida turilgan joy bo’yicha har bir soliq davrining yakunlariga ko’ra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog’ida soliq ushbu bo’lim qoidalari hisobga olingan holda, bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda byudjetga to’lanadi.
Soliq agentlari soliqni o’zi soliq hisobida turgan joy bo’yicha to’laydi. Soliq to’lovchilar bo’lmagan soliq agentlari o’zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga tegishli soliq hisobotini solik Kodeksning 255 va 256 -moddalariga muvofiq to’lash amalga oshirilgan o’tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etishi shart.
Solik Kodeksning 39-bobida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, bir oy soliq davridir.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin