Quyidagi moliyaviy xizmatlar soliq solishdan ozod etiladi: 1)bank operatsiyalari, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’larini omonatlarga jalb etish;
yuridik va jismoniy shaxslarning jalb etilgan pul mablag’larini banklar nomidan hamda ularning hisobidan joylashtirish;
yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan bank kartalari bo’yicha hisob-kitoblar uchun xizmat qiluvchi
bank hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish, shuningdek bank kartalariga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq operatsiyalar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning topshirig’iga ko’ra ularning bank hisobvaraqlari bo’yicha hisob -kitoblarni amalga oshirish;
yuridik va jismoniy shaxslarga kassa xizmatlarini bank kassalari yoki maxsus asbob-uskunalar (bankomat, avtomatik depozit mashinalar va hokazo) orqali ko’rsatish;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning topshirig’iga ko’ra ularning bank hisobvaraqlari bo’yicha hisob-kitoblarni
amalga oshirish;
chet el valyutasining naqd puldagi va naqd pulsiz oldi-sotdisi (shu jumladan chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalariga doir vositachilik xizmatlari ko’rsatish);
bank kafolatlarini bajarish (bank kafolatini berish va bekor qilish, bunday kafolat shartlarini tasdiqlash va o’zgartirish, bank kafolati bo’yicha to’lov, bunday kafolatga doir hujjatlarni rasmiylashtirish va tekshirish);
majburiyatlarning pul shaklida bajarilishini nazarda tutuvchi uchinchi shaxslar uchun kafillik berish;
akkreditivlarni ochish va ularga xizmat ko’rsatish;
to’lov tizimlari, dasturlaridan va uskunalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni (to’lovlarni) amalga oshirish;
Quyidagilarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish soliq solishdan ozod etiladi: -jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;
-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirilayotgan tovarlar;
-davlat, hukumat, xalqaro tashkilotlar yo’nalishlari bo’yicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam ko’rsatish uchun olib kiriladigan tovarlar;
-chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning o’zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari shaxsiy foydalanishi uchun mo’ljallangan tovarlar;
-qonun hujjatlariga muvofiq alohida qimmatga ega madaniy meros ob’ektlari jamoasiga kiritilgan, davlat madaniyat muassasalari tomonidan olingan yoki ular tomonidan sovg’aga olingan madaniy qimmatliklar. Ushbu soliq solishdan ozod etish O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tegishli tasdiqnomasi mavjud bo’lgan taqdirda qo’llaniladi;
-o’xshashi O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro’yxat bo’yicha O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar;
-xalqaro kitob almashinuvi bo’yicha davlat kutubxonalari va muzeylari tomonidan olinadigan bosma nashrlarning barcha turlari, shuningdek xalqaro notijorat almashinuvini amalga oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan kinematografiya asarlari;
-milliy valyuta va chet el valyutasi, qonuniy to’lov vositalari bo’lgan banknotlar (bundan kollektsiyalash uchun mo’ljallanganlari mustasno), shuningdek qimmatli qog’ozlar;
-xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kiriladigan tovarlar, agar qarzga doir bitimda bu tovarlar olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi nazarda tutilgan bo’lsa;
-vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig’i mavjud bo’lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo’yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;
-dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo’ljallangan buyumlar, shuningdek dori vositalarini, yeterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya uchun mo’ljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan ro’yxat bo’yicha olib kiriladigan xomashyo. Mazkur norma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha O’zbekiston Respublikasida ham ishlab chiqariladigan, olib kiriladigan tayyor dori vositalariga, veterinariya dori vositalariga, tibbiyot va veterinariya uchun mo’ljallangan buyumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-jadval