Moliya va soliqlar


Qo‘shilgan qiymat solig‘idan boshqa soliq turlariga nisbatan ko‘proq imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lib



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə100/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   214
Moliya va soliqlar

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan boshqa soliq turlariga nisbatan ko‘proq imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular Soliq kodeksida to‘rt guruhga bo‘lib berilgan. Ular:

  1. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni ( xizmatlarni) realizatsiya qilish bu’yicha aylanma (243-modda);

  2. soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar (244- modda);

  3. soliqdan ozod etiladigan sug‘urta xizmatlari (245- modda);

4) soliqdan ozod etiladigan tovarlarni O’z.Res.hudidida olib kiritilishi bu’yicha imtiyozlar (246-modda).
Solik kodeksida binoan, quyidagilarni realizatsiya qilish bo’yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi:
1)maktabgacha ta’lim muassasalarida (tashkilotlarida) bolalarga qarash bo’yicha xizmatlarni;
2)bemorlar va keksalarni parvarish qilish bo’yicha xizmatlarni;
3)dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlarini, diniy ashyolarni, diniy tashkilotlar hamda birlashmalar tomonidan udumlarni va marosimlarni o’tkazishga doir xizmatlarni;
4)protez-ortopediya buyumlarini, nogironligi bo’lgan shaxslar uchun inventarni, shu jumladan ushbu buyumlar va inventarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilish, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash, nogironlar uchun mo’ljallangan protez -ortopediya buyumlari va inventarni ta’mirlash hamda ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha xizmatlarni;
5)davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mahsulotlarini ushbu muassasalar tomonidan realizatsiya qilish;
6)ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo’lgan shaxslardan iborat bo’lgan hamda nogironligi bo’lgan shaxslar mehnatiga haq to’lash fondi umumiy mehnatga haq to’lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi bo’lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlarni;
7)pochta markalarini (kollektsiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalarni, konvertlarni;
8)pensiyalar va nafaqalar to’lashga doir xizmatlarni;
9)byudjet mablag’lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini. Mazkur soliq solishdan ozod etish tegishli moliya organining byudjetdan mablag’lar ajratish to’g’risidagi xulosasi mavjud bo’lgan taqdirda qo’llaniladi;
10)o’qitish (ta’lim) sohasidagi xizmatlarni, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar o’tkazishni tashkil etish xizmatlarini, xususan:
Boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim sohasidagi ta’lim xizmatlarini;
ta’lim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan
tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan qo’shimcha ta’lim berish bo’yicha xizmatlarni;
maktabgacha ta’lim va tarbiya dasturlari doirasida ta’lim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda bolalarga qarash va ularni parvarishlash bo’yicha xizmatlarni, to’garaklarda, sektsiyalarda (shu jumladan sport sektsiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashg’ulotlar o’tkazish bo’yicha xizmatlarni;
11)tibbiyot muassasalari tomonidan ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlarni (bundan kosmetologik
xizmatlar mustasno). Ushbu bandning maqsadida tibbiy xizmatlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:
tibbiy yordamga va sanitariya xizmati ko’rsatishga doir xizmatlar;
tashxis qo’yish, profilaktika va davolash bo’yicha xizmatlar;
stomatologik xizmatlar, shu jumladan tishlarni protezlash bo’yicha xizmatlar;
12)veterinariya xizmatlarini. Ushbu bandning maqsadida veterinariya xizmatlari jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:
veterinariyaga oid xizmatlar ko’rsatish, hayvonlarga tashxis qo’yish va ularni davolash bo’yicha xizmatlar;
hayvonlar va inson uchun umumiy bo’lgan kasalliklardan aholini himoya qilish;
O’zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilish;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya va veterinariya -sanitariya xavfsizligini ta’minlash;
13)dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya uchun mo’ljallangan buyumlarni;
14)sanatoriy-kurort, sog’lomlashtirish xizmatlarini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining xizmatlarini. Ushbu bandning maqsadida:
a) sanatoriy-kurort va sog’lomlashtirish xizmatlari jumlasiga sanatoriylar, shifoxonalar, profilaktoriylar, kurortlar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar dam olish oromgohlari hamda boshqa dam olish tashkilotlari tomonidan ularning asosiy faoliyati doirasida ko’rsatiladigan, ular yuridik shaxslar yoki yuridik shaxslarning tarkibiy bo’linmalari tomonidan ko’rsatilishidan qat’i nazar, yo’llanmalar yoki joysiz davolanish uchun beriladigan hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xizmatlar kiradi;
b)jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining xizmatlari jumlasiga, xususan, sport inshootlarida, maktablarda, klublarda sport turlari bo’yicha o’quv guruhlari hamda jamoalarida sog’lomlashtirish yo’nalishidagi jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini o’tkazishga oid xizmatlar, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari, sport musobaqalarini yoki bayramlarni, sport -tomosha tadbirlarini o’tkazish bo’yicha xizmatlar, shuningdek mazkur tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish uchun sport inshootlarini ijaraga berish kiradi;
15)yo’lovchilarni yagona tariflar bo’yicha tashish xizmatlarini ko’rsatish:
a)umumiy foydalanishdagi yo’lovchi tashish shahar transportida va yo’lovchi tashish avtomobilь transportida (bundan taksi, shu jumladan yo’nalishli taksi mustasno);
b)shahar atrofidagi yo’nalishda temir yo’l transportida;
16)uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash yuzasidan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar. Uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash yuzasidan ko’rsatiladigan xizmatlar jumlasiga lift xo’jaliklari, yer resurslari va davlat kadastri, uy -joy fondidan foydalanish, uni saqlash va ta’mirlash boshqarmalari hamda bo’limlarining bevosita aholi tomonidan haq to’lanadigan xizmatlari, shu jumladan ushbu xizmatlarga uy -joy mulkdorlari shirkatlari orqali haq to’lash kiradi;
17)tovarlarni (xizmatlarni), agar tovarlarni berish (xizmatlar ko’rsatish) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bepul amalga oshirilsa;
18)qimmatbaho metallardan ishlangan bank va o’lchovli quymalarini, qimmatbaho metallardan ishlangan quyma (investitsiya) tangalarni (numizmatika maqsadlari uchun foydalaniladigan tangalardan, shuningdek qimmatbaho metallardan ishlangan chet el tangalaridan tashqari), zargarlik buyumlarini;
19)bojsiz savdo bojxona tartib -taomiliga joylashtirilgan tovarlarni;
20)yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlar berilganda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va vakolatli organlar, tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni, agar bunday xizmatlar ko’rsatish shart ekanligi qonun hujjatlarida belgilangan bo’lsa, faoliyatning muayyan sohasida ushbu organlar va tashkilotlarning zimmasiga yuklatilgan alohida vakolatlarni bajarish doirasida davlat boji yoki boshqa to’lovlar undiriladi;
21)byudjet mablag’lari hisobidan bajariladigan yer - kadastr, yer tuzish, tuproqqa oid va geobotanika ishlarini;
22) byudjet mablag’lari hisobidan har yillik mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida ko’rsatiladigan geologiya xizmatlari;
23)xalqaro moliyaviy institutlarning qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olinadigan tovarlarni (xizmatlarni), agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan bo’lsa;
24)O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo’riqlash bo’linmalari xizmatlarini;
25)telekommunikatsiya tarmoqlarida operativ-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat ko’rsatishga doir xizmatlar;
26)metsenatlik ko’magi tarzida beriladigan (ko’rsatiladigan) tovarlarni (xizmatlarni);
27)ushbu Kodeksning 244-moddasida nazarda tutilgan moliyaviy xizmatlarni;
28)ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan hayotni sug’urta qilish xizmatlarini va boshqa sug’urta xizmatlarini. Ushbu moddada sanab o’tilgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanma soliq to’lovchilarda bunday faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyalar va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda, agar uning amalga oshirilishini litsenziyalash lozim bo’lsa yoki ruxsat etuvchi hujjatlar talab etsa, qonun hujjatlariga muvofiq soliq solishdan ozod etiladi.
Soliq solinadigan aylanmalarni va ushbu moddaning qoidalariga muvofiq soliq solishdan ozod etiladigan aylanmalarni amalga oshiradigan soliq to’lovchilar ushbu Kodeksning 268 -moddasiga muvofiq aylanmalarning alohida hisobini yuritishi shart.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin