Moliya va soliqlar


Quyidagilar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə99/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   214
Moliya va soliqlar

Quyidagilar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi:
1). yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o’z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya qilish;
2).yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol -mulkini huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) o’tkazish;
3). ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining o’zi ishonchli boshqaruvga berilgan mol - mulkni qaytarishi;
4). milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno).
QQS bo’yicha soliq solinadigan baza – Soliq kodeksining 347-348-moddalari talablariga binoan, aktsiz solig’ini (aktsiz to’lanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo’llanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
Xaridorlarga realizatsiya qilish bo’yicha aylanmani amalga oshirish sanasida chegirmalar (boshqa tijorat bonuslari) bergan soliq to’lovchi soliq bazasini bunday chegirmalar (tijorat bonuslari) chegirib tashlangan holdagi narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Soliq bazasi quyidagi hollarda tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
1)tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya qilishda;
2)agar ushbu Kodeksning 239-moddasi birinchi qismi 2-bandida yoki ikkinchi qismining 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda (ko’rsatishda);
3)yuridik shaxsning mol-mulkidan ushbu Kodeksning 239-moddasi to’rtinchi qismi 6-bandiga muvofiq shaxsiy maqsadlarda foydalanishda.
Аgar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori bo’lsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq to’lovchi bunday qaror yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiqligini va soliq to’lashdan bo’yin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yo’li bilan nizolashishga haqli.
O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilish chog’ida soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chog’ida byudjetga haqiqatda to’langan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past bo’lishi mumkin emas.
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tovarlar ishlab chiqarish bo’yicha xizmatlar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ularni qayta ishlashga doir xizmatlarning qiymati asosida, unga soliqni kiritmagan holda,
aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha esa ularni qayta ishlashga doir xizmatlarning qiymati asosida, ushbu Kodeksga muvofiq hisoblab chiqarilgan aktsiz solig’i hisobga olingan holda aniqlanadi.
Ob’ektlarni qurishda, shu jumladan ob’ektlarni foydalanish uchun tayyor qilib qurishda, qurilish-montaj, ta’mirlash -qurilish, ishga tushirish -sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlarni, shuningdek uzoq texnologik (bir hisobot davridan ortiq) davriylikdagi boshqa uzoq muddatli shartnomalarni bajarishda soliq bazasi har bir kalendarь oyning oxirida haqiqatda bajarilgan ishlar hajmining ushbu Kodeksning 303-moddasiga muvofiq soliq bazasi kiritilmagan holda aniqlanadigan qiymati asosida aniqlanadi. Аgar shartnomaga binoan bu ishlarni 260 materiallar bilan ta’minlash majburiyati buyurtmachining zimmasida bo’lsa, ushbu materiallarga bo’lgan mulk huquqi buyurtmachining o’zida saqlanib qolgan taqdirda, soliq bazasi bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning qiymatidan kelib chiqqan va buyurtmachi materiallarining qiymatini soliq bazasiga kiritmagan holda aniqlanadi.
Jismoniy shaxslarga mehnat haqi hisobiga yoki dividendlar to’lovlari hisobiga tovarlar berilganda (xizmatlar ko’rsatilganda), shuningdek Kodeksning 239-moddasi to’rtinchi qismi 3-bandida belgilangan hollarda soliq bazasi tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan qiymatidan kelib chiqqan va soliqni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Tovarlarni (xizmatlarni) olishga bo’lgan huquqni beruvchi vaucherni realizatsiya qilish chog’ida vaucherning soliq hisobga olingan holdagi qiymati soliq bazasi bo’ladi.
Olib sotish uchun jismoniy shaxslardan olingan avtomobillar va uy-joy ko’chmas mulk ob’ektlari realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq summasini o’z ichiga oladigan, realizatsiya qilish narxi va sotib olish qiymati o’rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Foyda solig'ini hisoblab chiqarishda soliq Kodeksning 317-moddasiga muvofiq xarajatlari chegirilmaydigan soliq to’lovchining o’z ehtiyojlari uchun o’zi ishlab chiqargan tovarlardan foydalanilganda (o’z kuchi bilan xizmatlar ko’rsatilganda), soliq bazasi ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bunday soliq to’lovchi tomonidan o’tgan 90 kun davomida realizatsiya qilingan aynan shunday (ular mavjud bo’lmaganda shunga o’xshash) tovarlarning (xizmatlarning) o’rtacha o’lchangan narxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan qiymati sifatida, ko’rsatilgan davrda
bunday realizatsiya mavjud bo’lmaganda esa aktsizlar hisobga olingan (aktsizosti tovarlar uchun) va soliq qo’shilmagan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ushbu bo’limga muvofiq realizatsiya qilishga doir aylanmalari soliq solinmaydigan aylanmalar bo’lgan chiptalar, abonementlar, yo’llanmalar (joysiz davolanish uchun berilgan hujjatlar) va xizmatlarni olish huquqini beruvchi boshqa ujjatlar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq summasini o’z ichiga oladigan, realizatsiya qilish narxi va ularni sotib olish narxi o’rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Vositachining (ishonchli vakilning) soliq bazasi –uning soliqni o’z ichiga oladigan vositachilik haqi miqdorida aniqlanadi.
Komitentning (ishonch bildiruvchining) soliq bazasi–komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirig’iga ko’ra vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning qiymati, shuningdek soliqni kiritmagan holda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo’yicha komitent (ishonch bildiruvchi) bunday uchinchi shaxsga ko’rsatgan xizmatlarning qiymati miqdorida aniqlanadi.
Korxona mol-mulk majmuasi sifatida realizatsiya qilinganda, soliq bazasi ushbu moddada belgilangan tartibda, uni realizatsiya qilishning soliqni o’z ichiga oladigan narxi miqdorida, ushbu korxona mol-mulkining har bir soliq ob’ekti bo’yicha alohida aniqlanadi.
Yo’lovchilarni, bagajni, yuklarni yoki pochtani temir yo’l, avtomobilь, havo yoki daryo transportida tashishlar amalga oshirilganda soliq bazasi soliqni qo’shmagan holdagi tashish qiymati sifatida aniqlanadi.
Muddatli bitimlar bo’yicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bevosita shartnomada ko’rsatilgan, lekin realizatsiya qilingan sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past bo’lmagan qiymati sifatida aniqlanadi.
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va soliq stavkalari.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin