Moliya va soliqlar


Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə97/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   214
Moliya va soliqlar

Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma’lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
Chunonchi, 1991 yildagina amal qilgan sotishdan undiriladigan soliq o‘zini oqlamadi. Soliq summasining bevosita aholidan tovarlarni xarid qilish chog‘ida undirilishi uning qabul qilinmasligining asosiy sababchisi bo‘ldi. Aholining soliqlar borasidagi savodxonligi past bo‘lgan va o‘sha davrdagi nobar-qaror ijtimoiy vaziyat sharoitida tushuntirish ishlari amalda olib borilmaganligi oqibatida bu soliq inflyatsiya sharoitida aholining daromadlarini kamaytirishga yo‘naltirilgan degan fikr tug‘ildi.
Bu tajribadan kelib chiqqan holda 1992 yili O’zbekistonda oborotdan undiriladigan soliqning yangi turi - ishlab chiqarish va muomalaning har bir bosqichida qo‘shilgan qiymat qismida undiriladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etildi. O’zbekiston Respublikasida qo’shilgan qiymat solig’i 1992 yilda joriy etilgan bo’lib, bu soliqni huquqiy tartibga soluvchi soliq qonunchiligi hujjati bo’lib 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida»gi Qonun va unga muvofiq ishlab chiqilgan 1992 yil 30 martdagi «Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash va to’lash tartibi to’g’risidagi» yo’riqnoma hisoblangan.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromad manbai sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelayapdi. Ushbu soliq budjet daromadlarining eng yuqori qismini tashkil etadigan soliq turi hisoblanadi.
2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari, soliq solish ob’yekti va soliqqa tortiladigan baza.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin