Moliya va soliqlar


-Mavzu. Qo’shilgan qiymat solig’i



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə96/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   214
Moliya va soliqlar

16-Mavzu. Qo’shilgan qiymat solig’i.
Reja:
1. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining paydo bo’lishi, iqtisodiy mohiyati va joriy qilinishi.
2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari, soliq solish ob’yekti va soliqqa tortiladigan baza.
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va soliq stavkalari.
4. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va soliq to‘lash tartibi.


Tayanch so’z va iboralar: aksiz, qo’shilgan qiymat, tovar aylanmasi, yalpi tushum, import, eksport, soliq to’lovchilar, soliq ob’ekti, soliq bazasi, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi, soliq davri, soliq hisob-kitobi, soliq hisoboti, soliq to’lash muddatlari.
1. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining paydo bo’lishi, iqtisodiy mohiyati va joriy qilinishi.
Davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishda qo’shilgan qiymat solig’i bilan to’ldirish g’oyasi XX asr boshlarida vujudga kelgan. Qo’shilgan qiymat solig’i ilk bor Germaniyada 1919 yilda Vilьgelьm fon Simens tomonidan nemischa mukammallashgan aylanma soliq nomi bilan («Veredelte Umsatzteuer») joriy etilgan. Bu soliq turi ilk bor qo’shilgan qiymat solig’i nomi bilan frantsuz iqtisodchisi M. Lore tomonidan 1954 yilda taklif qilingan va 1960 yilda Kot–d–Ivuar Respublikasida joriy etilib, ushbu mamlakat soliq tizimiga soliq turi sifatida kiritilgan. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i Frantsiyada qo‘shilgan qiymat solig‘ haqiqatda 1968 yildan boshlab joriy etildi. Sharqiy Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Frantsiya, Shvetsariya)da 60 – yillarning oxirida, Belgiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Lyuksemburg, Norvegiyada 70 – yillarning boshlarida QQS joriy etilgan va hozirgi kungacha amal qilib kelmoqda. QQS Osiyo, Аfrika va Lotin Аmerikasidagi davlatlarning 35 tasida joriy etilgan bo’lib, hozirgi kunda ham undirib kelinmoqda.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot yetkazib beruvchilardan tovar va xom ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar ishlab chiqaradi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat yaratiladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin