Moliya va soliqlar


O‘zbekiston Respublikasi moliya siyosatining asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə13/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   214
Moliya va soliqlar

4. O‘zbekiston Respublikasi moliya siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Yaqin o‘tmishda, mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat o‘z kamchiliklarini namoyon qildi. Uzoq davrlar mobaynida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida moliya va faol moliyaviy siyosatning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmadi. Iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning ahamiyatini buzib ko‘rsatish sodir bo‘ldi, moliya va moliyaviy dastaklarning faol ahamiyati inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni xal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo‘ljallangan ibratli konsepsiyalarni ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko‘zlab ko‘rilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni og‘ir ahvolga olib keldi. O‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga o‘tishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keldi.
Amaldagi meyoriy hujjatlarga binian belgilab berilgan iqtisodiy strategiyadan kelib chiqqan holda, bozor iqtisodiyotini dastlabki bosqichida moliya va soliq siyosatining birinchi darajadagi chora-tadbirlari va ustivor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
1. Barqaror moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjeti taqchilligini iloji boricha kamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiya va subvensiyalarni barcha turlarini bosqichma-bosqich qisqartirib borish;
2. Budjet mablag‘larini daromad tushgandan keyingina taqsimlanadigan yo‘ldan og‘ishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina budjetdan mablag‘lar ajratish;
3. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan qaytarib olmaslikni ko‘zda tutib ta’minlash amaliyotidan voz kechish, buning o‘rniga ana shu maqsadlarda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;
4. Soliq tizimini takomillashtirish budjet daromadlarini barqaror sur’atda to‘lab turishni ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi qayta ishlaydigan va xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonalarni rivojlanishini rag‘batlantiradigan soliq siyosatini olib borish.
Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajariladi. Hozirgi kunga kelib, iqtisodiy o‘sish davri boshlandi. Yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati barqarorlashdi. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotni barqaror, muvozanatli va izchil rivojlantirishning belgilangan prognozlariga erishildi hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosibligi ta’minlandi.
Mamlakatimizda keying yillarda Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning real o‘sishi 9,0-15.0 foizni tashkil qilishi kuzatilmoqda. Sanoat, qurilish va xizmatlar sohasida yuqori sur’atlarda o‘sish kuzatildi. Xususan, sanoatda ishlab chiqarish hajmi 12,7 foizga, qishloq xo‘jaligida 4,5 foizga, transport va aloqada 16,7 foizga va qurilish ishlarida 8,3 foizga oshib bormoqda.
O‘tgan yilda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 21,3 foizga o‘sib, uning YaIM tarkibidagi ulushi 45,3 foizni tashkil qildi. Xususan, savdo va umumiy ovqatlanish xizmati 26,8 foizga hamda moliyaviy xizmatlar hajmi 32,2 foizga o‘sdi1.
Hozirgi bosqichda davlatning moliyaviy siyosati quyidagilarga qaratilgan:
1. Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirish hisobiga aholining turmush tarzini yuqoriga ko‘tarish.
2. Tadbirkorlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, mehnat va xizmatga bo‘lgan tashabbusini oshirish hamda ularni har tomonlama huquqiy kafolatlash.
3. Aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilish (pensionerlar, ko‘p bolali oilalar, talabalar).
4. Daromadi cheklangan xizmatchilarni (sog‘liqni saqlash, maorif, boshqaruv, mudofaa) ijtimoiy himoya qilish.
5. Yangi moliyaviy strategiya, rang-barang mulk shakllari, bozor munosabatlarini rivojlantirish, tovar va mahsulotlar bozorini, ish kuchi va kapital bozorlarini rivojlantirish.
6. Jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy hayotiga moliyaviy ta’sir ko‘rsatish, uni soliqqa tortish, moliyalashtirish va moliyaviy bozor uslublari orqali amalga oshirish.
7. Moliya tizimida iqtisodiy tanglik ko‘rsatkichlarini imkon qadar bartaraf etish (davlat budjeti kamomadi, emissiyaning joylarda ko‘payib borishi, inflyatsiya darajasining yuqoriligi, ichki va tashqi qarzlarni borligi, tugallanmagan qurilishlarning mavjudligi), chunki iqtisodiy tanglik nisbatan davlat moliyasi bilan bir qatorda korxonalar moliyasida ham mavjud.
8.Pul muomalasini tartibga solish. Milliy valyutaning ichki va tashqi konvertatsiyasini ta’minlash hisobiga so‘mning qadrini oshirish.
9. Iqtisodiyotni jahon andozalariga yetkazish maqsadida xorijiy investitsiyalarni kirib kelishini ta’minlash.
10. Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish hisobiga korxonalar iqtisodiy salohiyatini oshirish.
11. Sug‘urta tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini kengaytirish va kuchaytirish.
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati takomillashib bordi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag‘batlantirish yo‘lidan og‘ishmay bormoqda.
Moliyaviy siyosatining hozirgi kundagi vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim:
1. Respublika davlat budjetidagi taqchillikni yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida (YaIMning 2-3 %i atrofida) cheklashga yo‘naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni o‘tkazish.
2. Davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o‘zgarishlarni o‘tkazish, ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish maqsadlarini ko‘zlab yo‘naltirishni ta’minlash.
3. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko‘tarishga zarur shart-sharoitlar yaratish. Bu maqsadlarda ularga soliqlardan imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish, maqsadli fondlardan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.
4. Ijtimoiy himoyaning adresli bo‘lishiga, moliyaviy mablag‘larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muxtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlashga erishish.
5. Soliq siyosatini takomillashtirish: - soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo, tibbiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish;
- korxonalar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirish, qo‘shilgan qiymat solig‘idan olinadigan soliq stavkasini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;
- soliq tushumlari tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurs soliqlari, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish.
6. Muayyan budjetlarni shakllantirish manbalari bo‘lgan umumdavlat soliqlari bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegara o‘tkazish.
7. Davlat budjeti daromadlarini katta qismini joylarga berish, mahalliy budjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash.
8. Soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo‘nalishlari) quyidagilardan iborat:
• byudjet siyosati;
• soliq siyosati;
• pul siyosati;
• kredit siyosati;
• baho siyosati;
investitsion siyosat;
• ijtimoiy moliyaviy siyosat;
• boj siyosati.
Moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning vositasi bo‘lib hisoblanadi va shu ma’noda yordamchi rolni o‘ynaydi. Bir vaqtning o‘zida davlat siyosatining boshqa – milliy, geosiyosat, harbiy – yo‘nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo‘nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig‘indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatning mazmunini aniqlab beradi.
Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvning oliy organlariga tegishlidir. Mamlakatning subyektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlarning qabul qilinish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari o‘z byudjetlarini shakllantirish va ishlatish hamda mahalliy soliqlarni qabul qilish va ularning mablag‘larini ishlatish masalalari bilan cheklanadi.
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi, qonunchiligi va byudjet jarayonida hokimiyat organlari barcha bo‘g‘inlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq ishlab chiqiladi. O‘zining hajmi va muhimligi 23 Moliyaviy siyosat yaxlit va bir butun jarayonlarni o‘z ichiga olib, bu o‘rinda u 8 ta tarkibiy qismdan iborat. Lekin moliyaviy siyosatni amaliyotga joriy etishda mazkur tarkibiy qismlarni moliyaviy siyosatning yo‘nalishlari sifatida ham tushunish mumkin.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin