Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə21/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   214
Moliya va soliqlar

Nazorat savollari.
1. Moliyani amal qilishining obyektiv sabablari nimalardan iborat?
2. Moliyaviy munosabatlarning yig‘indisini qanday sohalar ajratish mumkin?
3. Moliya tizimini nimalar tashkil qiladi?
4. Moliya tizimining bo‘g‘inlari o‘z navbatida qanday quyi bo‘g‘inlarga bo‘linadi?
5. Sug‘urta munosabatlari qanday bo‘g‘inlarga bo‘linadi?
6. Yagona moliya tizimining asosini nima tashkil qiladi?
7.Moliya tizimida budjetdan tashqari fondlarning u’rni nimalarda ku’rinadi?
8. Sug’urta faoliyatida qayta taqsimlash funktsiyasi qanday namayon bu’ladi?

4-mavzu. Moliya bozori va instrumentlari.
Reja
1.Moliyani bozori haqida umumiy tushuncha
2.Moliyani bozorining tarkibiy tuzilishi
3.Moliyaviy bozorining instrumentlari
4. Moliya bozorining iqtisodiyotdagi vazifalari va roli.


1.Moliyani bozori haqida umumiy tushuncha
Moliya bozori — oldisotdi ob’yekti pul (pulga tenglashtirilgan qog’ozlar) bo’lgan bozor. Bu bozorda moliya mablag’larini vaqtincha haq to’lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan bo’lgan munosabatlar; pul mablag’larining uni jamg’arganlardan qarzga oluvchilarga o’tishini ta’minlaydigan bozor institutlari. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lgan xo’jalik sub’yektlari o’z moliyaviy resurslari ni mablag’larga muhtoj sub’yektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda o’tkaziladi.
Moliyaviy bitimlarning harakteriga karab, Moliya bozorini turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarishlik tamoyili bo’yicha Moliya bozori 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (iste’molni krndiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qo’yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag’lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini 2 bo’g’inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qog’ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz to’lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada bo’ladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldisotdi qilinadi. Xo’jalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida jahon Moliya bozori paydo bo’ldi.
Moliya bozorini quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflash (guruhlash)mumkin:
Amal qilish muddatiga ko‘ra:
– qisqa muddatli (1 yilgacha) moliyaviy operatsiyalar bozori;
– o‘rta muddatli (1 yildan 5 yilgacha) moliyaviy operatsiyalar bozori;
– uzoq muddatli (5 yildan 30 yilgacha) moliyaviy operatsiyalar bozori.
Segmentlari bo‘yicha:
pul bozori;
– qimmatli qog‘ozlar bozori;
– sug‘urta bozori;
– valuta bozori;
qimmatbaho metallar bozori;
– ko‘chmas mulk bozori.
Tartibga solish usuliga ko‘ra:
tashkillashtirilgan bozor, unda ishtirokchilarning barcha xatti-hara katlari qonunchilik bilan o‘rnatilgan tarzda tartibga solinadi;
tashkillashtirilmagan bozor, ya’ni hech qanday qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinmaydi, bu bozor «ko‘cha bozori» deb ham yuritiladi.
Ko‘lamiga ko‘ra:
– milliy bozor (mamlakat ichida amal qiladi);
– mintaqaviy (hududiy) bozor (masalan, yevrobozor, osiyo bozori);
– jahon (xalqaro) bozori.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin