Moliya va soliqlar


Moliyani bozorining tarkibiy tuzilishi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə29/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214
Moliya va soliqlar

2.Moliyani bozorining tarkibiy tuzilishi.
Moliyani bozorining tarkibiy tuzilishi quyidagilardan iborat:
Moliya bozori;
Pul bozori;
Kapitallar bozori;
Qimmatli qog‘ozlar bozori;
Ipoteka bozori;
Valuta bozori;
Sug‘urta bozori va boshqalar.
Pul bozori qisqa muddatli kredit bozorikapitallar bozori esa
uzoq muddatli kredit bozori ekanligi bilan ajralib turadi. Bu bozorda puldorlar, banklar (vositachilar) va pulga muhtojlar qatnashadilar, sotilgan pulning narxini esa foiz tashkil etadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori – qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi sodir etiladigan bozor bo‘lib, unda aksiya, obligatsiya, xazina majburiyatlari, sertifikatlar oldi-sotdi qilinadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida oldi-sotdidan tashqari, boshqa turdagi operatsiyalar, masalan, qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish, qimmatli qog‘ozlarni qoplash, garovga qo‘yish kabi operatsiyalar sodir etiladi. Bu bozor fond bozori deb ham yuritiladi. Qimmatli qog‘ozlarning dastlabki sotilishi birlamchi fond bozorida o‘tkaziladi, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar obuna shaklida yoki ro‘yxat bilan xaridorlarga sotiladi. Ularning qayta sotilishi ikkilamchi fond bozorida yuz beradi, u fond birjasi deb yuritiladi.
Bozorlar quyidagilardan iborat bo’ladi:
Qimmatli qog‘ozlar bozori;
Birlamchi bozor;
Ikkilamchi bozor;
Birlamchi emissiyalar bozori;
Ikkilamchi emissiyalar bozori;
Birjadagi bozor;
Birjadan tashqaridagi bozor
Qimmatli qog‘ozlar bozorining tarkibiy tuzilishi fond birjasida brokerlar, birjachilar va chayqovchilar ish yuritadilar. Brokerlar birovlar nomidan qimmatli qog‘ozlarni sotadilar yoki sotib oladilar, o‘z xizmati uchun olingan yoki sotilgan
ak siyalar summasiga foiz tariqasida belgilanadigan komission haq
ola dilar. Chayqovchilar qimmatli qog‘ozlarni olib, darhol sotish
bilan shug‘ullanadilar. Ular qimmatli qogozlarning kursi (narxi)
dagi o‘zgarishlarni tez ilg‘ab, olibsotarlik qiladilar, narx tushganda so tib olib, qimmatli qog‘ozning kursi oshganda qimmatga sotadilar. Ak siya kursi kuniga bir necha marta o‘zgaradi, shunga qarab chayqov chi lar ham katta pul ishlaydilar yoki katta pulni boy beradilar.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish emissiya deyiladi, qimmatli
qog‘ozlarni o‘z nomidan chiqarib, ularni birlamchi fond bozorida dastlabki sotishga qo‘yuvchilar emitentlar deyiladi. Qimmatli qog‘ozlar chi qarish huquqi berilgan aksiyadorlik jamiyati shakli dagi firmalar, korporatsiyalar, banklar va davlat emitentlar hisoblanadi. Aksariyat hollarda aksiyalar emitenti – firmalar, obligatsiya lar emitenti davlat bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida oldi-sotdi obyekti sifatida qimmatli qog‘ozlar maydonga chiqadi, ya’ni qimmatli qog‘oz bozordagi asosiy tovardir.
Qimmatli qog‘oz – bu qog‘oz egasining mulkiy huquqlarini
tasdiq lovchi hujjat bo‘lib, kapitalning mavjud bo‘lish shakli. U
kapitalning unumli, tovar va pul shakllaridan farq qiladi. Qimmatli qog‘oz shaklidagi kapital bir egadan boshqa egaga o‘tishi, muomalada bo‘lishi, hisob-kitoblarda pulning o‘rnini bosishi va, muhimi, daromad keltirishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar qonunda ko‘zda tutilgan majburiy rekvizitlarni o‘zida aks ettirishi lozim:
–nominal bahosi;
– bozorda aylanish muddati;
qoplash usuli;
– fiskal rejimi va hokazo.
Qimmatli qog‘ozlarni ularning turli belgilariga ko‘ra quyidagicha guruhlash mumkin:
I. Emitentlari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar turli subyektlar tomonidan chiqariladi. Umumiy holda qimmatli qog‘ozlar emitentlari 3 guruhga bo‘linadi:
–davlat;
– xususiy sektor subyektlari;
– xorijiy subyektlar.
II. Iqtisodiy tabiatiga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar 2 turga bo‘linadi:
– qarz xarakteridagi qimmatli qog‘ozlar;
– ulushli qimmatli qog‘ozlar.
Qarz xarakteridagi qimmatli qog‘ozlar qat’iy foiz stavkalari va
kelgusida ma’lum bir sanaga qarzning kapital summasini to‘lash
majburiyati bilan tavsiflanadi. Ularga korporativ obligatsiyalar va
davlat zayom obligatsiyalari misol bo‘ladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin