Qimmatli qog‘ozlarning turlari. Qimmatli qog‘ozlarning turlari
juda ko‘p bo‘lib, ularning eng ko‘p tarqalgani quyidagilar:
– obligatsiyalar;
– aksiyalar;
– xazina majburiyatlari;
– veksellar;
– jamg‘arma sertifikatlari.
Obligatsiyalar. Obligatsiya – qarz xarakteridagi qimmatli qog‘oz turi bo‘lib, qat’iy o‘rnatilgan foiz stavkasiga ega bo‘lgan va
muddati yetgach to‘lanishi lozim bo‘lgan qarz majburiyati. Odatda, obligatsiyalar davlat hokimiyati organlari orqali ortib borayotgan davlat xarajatlarini qoplash va pul muomalasini tartibga solish maqsadida chiqariladi.
Obligatsiyalar:
– foizli va yutuqli;
– qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bo‘ladi.
Obligatsiya mulkka egalik qilish huquqini bermaydi. Lekin uning egasiga ma’lum muddatdan so‘ng obligatsiyaning hech bo‘lmaganda nominal qiymatini qaytarib olish huquqini beradi. Obligatsiya qarz majburiyati hisoblanadi. Obligatsiyalarni davlat chiqaradi, korxonalar, firmalar va aholi esa ularni sotib
olib, shu yo‘l bilan davlatga qarz beradilar, bunda davlat qarzdor bo‘lib, obligatsiya egalari oldida moliyaviy majburiyatni olib boradi.
Obligatsiyalar davlat obligatsiyalari va korporativ obgatsiyalarga bo‘linadi.
Davlat obligatsiyalarining emitenti davlatning ijroiya organlari timsolidagi institutsional tuzilmalardir. Korporativ obligatsiyalarni esa turli mulk shakllaridagi korxonalar chiqaradi. Obligatsiyalarning nominal narxi, so‘ndirish narxi va bozor narxi bo‘ladi. Nominal narx obligatsiyaning o‘ziga yozib qo‘yiladi hamda ke yingi qayta hisoblashlar va foizlarni chiqarish uchun asos bo‘ladi.
So‘ndirish narxi – obligatsiyaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng emitent obligatsiyani qaytarib oladigan narx, u nominal narxdan farq qilishi mumkin.
Bozor narxi zayomning o‘z shartlariga va ushbu qimmatli qog‘oz tu rining bozorda narx belgilash shartiga qarab aniqlanadi. Obligatsiyaning nominaliga nisbatan foizlarda ifodalangan bozor narxi obligatsiya kursi deb ataladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda obligatsiya lar kuponli qilib chiqariladi. Kuponlarda obligatsiya bo‘yicha har yillik daromad belgilab qo‘ yiladi («kuponlarni yechish», «foyda sini yeb yotish» degan iboralar shundan kelib chiqqan).
Aylanish tarziga ko‘ra obligatsiyalar oddiy va konvertirlanadigan tur larga bo‘linadi. Konvertirlanadigan obligatsiya egasi uni o‘sha emitentning aksiyasiga almashtirish huquqiga ega. Konver tirlanadigan obligatsiya xususiy va qarz kapitali o‘rtasida o‘tish shakli hisoblanadi.