Moliya va soliqlar


Moliya bozorining iqtisodiyotdagi vazifalari va roli



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə27/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   214
Moliya va soliqlar

Moliya bozorining iqtisodiyotdagi vazifalari va roli.
Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyatiu tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta’minlanishi bilan bog‘liq asosiy vazifalari asosida belgilanadi:• iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslar-ning samarali jalb qilinishi;• kapitalning samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi;• davlat budjetiga xizmat ko‘rsatishi, uning kamomadi (defi-tsiti)ni qoplash uchun pul mablag‘larining samarali jalb qilinishi;• iqtisodiyot holatining aniq bozor indikatorlari yordamida ba-holanishi;• inflatsiya sur’atlari va valuta kurslari o‘zgarishiga operativ ta’sirko‘rsatilishi;• davlatning kredit-pul va budjet-soliq siyosatining obyektiv vamutanosiblikda olib borilishi;• mulkka egalik huquqining ishlab chiqarish vositalariga qaytataqsimlanishi;• jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotning in-tegrallashuvi.Moliya bozorining iqtisodiyotdagi funksiyasi asosida uning o‘rniva rolini makroiqtisodiy pozitsiyadan ko‘rish muhim ahamiyatga ega.Ma’lumki, mamlakatda tayyor mahsulotlar (xizmatlar)ningumumiy taklifi (Y) xarajatlar komponentlari orqali topilishimumkin, ya’niY=C+I+X-M+TR.Ushbu ifodadagi parametrlarni quyidagicha belgilab olamiz:
C+I=A (absorbsiya), Y–C=S (milliy jamg‘armalar), X–M+TR=CAB (mamlakatning joriy to‘lov balansining hisobi). Natijada, quyidagi ifodalarni olish mumkin:
Y–A=S–I va S–I= CAB.
Bu tengliklar mamlakatda daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagiichki makroiqtisodiy disbalansning tashqi disbalans bilan bog‘-liqligini bildiradi. Ikkala disbalans ham jamg‘armalar va inves-titsiyalar o‘rtasidagi disbalansga olib keladi, demak, ular iqtisodiyo‘sishning asosiy omillaridan hisoblanadi1. Bunda esa moliyabozorining qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagiroli beqiyosdir. Chunki aynan moliya bozori yordamida jam-g‘armalar shakllanadi (akkumulatsiyalanadi) va ular samarali in-vestitsiyalarga transformatsiyalanadi (aylanadi).Qisqa davr ichida iqtisodiy o‘sish moliya bozori orqali mavjudmoliyaviy resurslardan samarali foydalanish hisobiga erishiladi.Ammo uzoq muddatli davrda iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishquvvatlarini investitsiyalar hajmini kengaytirish yo‘li bilanmodernizatsiyalashuvi va oshirilishini talab etadi. Makroiqtisodiybarqarorlik sharoitida investitsiyalarga bo‘lgan talab esa moliyainstitutlari yordamida ichki va tashqi jamg‘armalar hisobigaqoplanadi.Bundan ayon bo‘ladiki, moliya bozori moliyaviy resurslar(jamg‘armalar)ni iqtisodiyotda samarali taqsimlash va qaytataqsimlash funksiyasini amalga oshiradi va iqtisodiyot holati «baro-metri» rolini bajaradi.Iqtisodiyotda moliyaviy oqimlar inflatsiya va foiz stavkasigabog‘liq holda moliya bozori orqali taqsimlanadi va qayta taq-simlanadi. Bunda inflatsiya va foiz stavkasi moliya bozoriningmuvozanat holatiga ta’sir ko‘rsatadi.Yuqorida aytilganlarga asosan, makroiqtisodiy muvozanatni mosravishda quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
S = I (ushbu balansga rioya qilinganda umumiy talab va taklifo‘rtasida tenglikka erishiladi, ya’niS=Y–A–X=I,bu yerda, A=C+G – absorbsiya; Y–A – ichki jamg‘armalar;X – manfiy ishorali tashqi jamg‘armalar), MV = PT.
Ushbu tenglamalar bilan ifodalanadigan makroiqtisodiy muvozanat moliya bozori holatida o‘z aksini topadi, iqtisodiyotning holatini ekvivalent tarzda aks etiradi. Boshqacha qilibaytganda, moliya bozori iqtisodiyotning «egiz analogi» sifatidanamoyon bo‘ladi. Shuning uchun moliya bozori iqtisodiyotning«barometridir».Aytilganlar asosida moliya bozoridagi muvozanatni gipotetiktarzda quyidagi muvozanat tenglamasi bilan ifodalash mumkin:
SV = PT.bu yerda, T – moliya instrumentlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalarhajmi (bu esa investitsiyalar hajmiga teng), ya’ni T = I; S – moliyaviy instrumentlar uchun taklif qilingan jamg‘armalar hajmi; V –investitsiya qilingan jamg‘armalarning foyda (zarar) bilan qaytishitezligi (vaqt oralig‘i, likvidliligi); P – moliyaviy instrumentlarbo‘yicha tuzilgan shartnomalar (bitishuvlar)ning bozor narxi. Demak, T = I ekanligini hisobga olgan holda moliya bozoriningmuvozanat tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:
SV = PI.
Ilmiy nuqtayi nazardan tenglamani pulning miqdoriy naza-riyasiga o‘xshash moliya instrumentlari (qimmatli qog‘ozlarningyoki investitsiyalar)ning miqdoriy nazariyasi deb faraz qilishmumkin.Ma’lumki, S = I tenglik budjet-soliq siyosati asosida, MV = PTtenglik esa kredit-pul (monetar) siyosati asosida amalga oshiriladi.Bunda S→I→M→S ko‘rinishidagi davriy bog‘liqlik ushbu siyosatlarning ekvivalentliligini bildiradi. Bu esa tenglamaning maqsadga muvofiq ekanligini anglatadi. Chunki ikkala siyosat ham barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida real iqtisodiyot uchun ishlaganligi (yo‘naltirilganligi uchun), ularning uyg‘unlashuvi va optimal balansiga erishish 1- tenglamadan ko‘rinib turibdi. Ushbu sikllar orqali mos ravishda moliyaviy oqimlar harakati moliya bozori qatnashchilari tomonidan amalga oshiriladi.Bunda hukumat va uy xo‘jaliklari, hukumat va firmalar o‘rtasidagi bog‘lanish «daromad-soliq» aylanmasi tashqi sikllari bo‘yicha tashkillashgan bo’ladi.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin