Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə28/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   214
Moliya va soliqlar

Nazorat savollari
1. Bozorning mazmuni nimadan iborat?
2. Bozorning tarkibiy qismlarini izohlang.
3. Moliya bozorining mazmuni nimadan iborat?
4. Moliya bozorining qanday segmentlarini bilasiz?
5. Moliya bozorida resurslar harakati qaysi omillarga bog‘liq?
6. Moliya bozorining imkoniyatlari nima?
7. Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati qaysi vazifalarbilan belgilanadi?
8. Moliya bozorining modeli, mazmuni nimadan iborat?
9. Moliya bozori funksiyalari nimadan iborat?
10. Moliya bozori vazifalari nimadan iborat?
11. Moliya bozorining qanday rollarini bilasiz?
12. Moliya bozorining qanday tamoyillarini bilasiz?
13. Moliya bozorini tasniflash nima uchun zarur?
14. Moliya bozorini qaysi belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin


4-mavzu. Moliya bozori va instrumentlari.
Reja
1.Moliyani bozori haqida umumiy tushuncha
2.Moliyani bozorining tarkibiy tuzilishi
3.Moliyaviy bozorining instrumentlari
4. Moliya bozorining iqtisodiyotdagi vazifalari va roli.


1.Moliyani bozori haqida umumiy tushuncha
Moliya bozori — oldisotdi ob’yekti pul (pulga tenglashtirilgan qog’ozlar) bo’lgan bozor. Bu bozorda moliya mablag’larini vaqtincha haq to’lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan bo’lgan munosabatlar; pul mablag’larining uni jamg’arganlardan qarzga oluvchilarga o’tishini ta’minlaydigan bozor institutlari. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lgan xo’jalik sub’yektlari o’z moliyaviy resurslari ni mablag’larga muhtoj sub’yektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda o’tkaziladi.
Moliyaviy bitimlarning harakteriga karab, Moliya bozorini turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarishlik tamoyili bo’yicha Moliya bozori 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (iste’molni krndiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qo’yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag’lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini 2 bo’g’inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qog’ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz to’lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada bo’ladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldisotdi qilinadi. Xo’jalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida jahon Moliya bozori paydo bo’ldi.
Moliya bozorini quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflash (guruhlash)mumkin:
-Amal qilish muddatiga ko‘ra:
– qisqa muddatli (1 yilgacha) moliyaviy operatsiyalar bozori;
– o‘rta muddatli (1 yildan 5 yilgacha) moliyaviy operatsiyalar bozori;
– uzoq muddatli (5 yildan 30 yilgacha) moliyaviy operatsiyalar bozori.
Segmentlari bo‘yicha:
– pul bozori;
– qimmatli qog‘ozlar bozori;
– sug‘urta bozori;
valuta bozori;
– qimmatbaho metallar bozori;
– ko‘chmas mulk bozori.
Tartibga solish usuliga ko‘ra:
– tashkillashtirilgan bozor, unda ishtirokchilarning barcha xatti-hara katlari qonunchilik bilan o‘rnatilgan tarzda tartibga solinadi;
– tashkillashtirilmagan bozorya’ni hech qanday qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinmaydi, bu bozor «ko‘cha bozori» deb ham yuritiladi.
Ko‘lamiga ko‘ra:
– milliy bozor (mamlakat ichida amal qiladi);
– mintaqaviy (hududiy) bozor (masalan, yevrobozor, osiyo bozori);
– jahon (xalqaro) bozori.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin