Aksiyalar. Aksiya – egasiga emitent foydasining bir qismini
dividend shaklida olish hamda aksiyadorlik korxonasi mulki-
ning bir qismiga egalik qilish huquqini beruvchi ulushli qimmat-
li qog‘oz turi hisob lanadi. Divi dend – aksiyadorlik jamiyati ol-
gan foydaning aksiya egasiga ulush bo‘lib tegadigan qismi. Ak-
siyalar aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan tadbir korlik faoliya-
tiga qo‘yilgan kapital miqdoriga qarab chiqariladi. Agar firma-
ning mol-mulki 10 million so‘mlik bo‘lsa, shunga teng bo‘lgan
summada aksiya chiqarib sotiladi. Agar firma 12 million so‘mlik
aksiya chiqarsa, ortiqcha 2 million so‘m pul firma kapitaliga
qo‘shilishi shart. Aksiya shunday qog‘ozki, uning egasi bo‘l gan
aksiyador emitent tomonidan biror faoliyatga qo‘yilgan kapital-
da o‘z hissasiga ega bo‘ladi va shunga qarab foydaning bir qismini dividend shaklida oladi. Demak, aksiya qo‘yilgan kapital
bilan ta’minlangan, uning ortida ma’lum qiymatga ega boylik
bor, shuning uchun ham u qimmatli qog‘oz deyiladi. Aksiya har
xil qiymatli (qiymati yozib qo‘yilgan) qog‘oz shaklida chiqari-
ladi. Masalan, 500 so‘mlik, 1000 so‘mlik, 5000 so‘mlik, 10000
so‘mlik aksiyalar bor.
Aksiyalar: oddiy va imtiyozli bo‘ladi.
Oddiy aksiyalarda qat’iy foiz stavkalari bo‘lmaydi. Oddiy aksiyaga tegadigan dividend miqdori kafolatlanmaydi. Chunki emitentning foyda-zarariga qarab, u oz yoki ko‘p bo‘lishi, dividend shaklida aksiya egasiga tegishi yoki tegmasligi ham mumkin, lekin oddiy aksiya egasiga aksiyadorlik jamiyati umumiy yig‘ilishida ovoz be rish huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalarda daromad qat’iy o‘rnatilgan bo‘lib, dividend taqsimlanganda birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha daromad to‘lanadi. Imtiyozli aksiyaga beriladigan dividend oldindan qat’iy fo izlarda belgilanadi, uni olish kafolatlanadi, ammo bu aksiya aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqini ta’minlamaydi.