O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘limi iqtisodiyot yo‘nalishi



Yüklə 73,35 Kb.
səhifə1/12
tarix16.12.2023
ölçüsü73,35 Kb.
#183275
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan-fayllar.org


Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO‘LIMI
IQTISODIYOT YO‘NALISHI
22.42-GURUH TALABASI
ORIPOV A’ZAMJON NOMONOVICHNING
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN

M U S T A Q I L
I SH I
Mavzu: Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi

Bajardi: A.Oripov
Qabul qildi: ____________________________________

Farg‘ona – 2023

Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.
Reja:
Kirish

  1. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni


  2. Ishlab chiqarishning umumiy va ‘irovard natijalari.


  3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.


  4. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Biz oldingi mavzuda aytganimizdek, inson yashamog’i uchun ovqatlanishi, kiyinishi, shuningdek, uy-joy, ro’zg’or buyumlari, turli jihozlarga ega bo’lmog’i zarurdir. Bu zarur hayotiy vositalarning barchasi inson mehnati bilan yaratiladi. Kimdir g’alla etishtiradi, kimdir un tayyorlaydi, kimdir bu undan non ishlab chiqaradi, kimdir ‘axta xom ashyosi etishtiradi, kimdir ‘axtadan tola ishlab chiqaradi, yana kimdir toladan i’ qilib to’qiydi, kimdir kiyim-kechak tikadi va hokazo.
Shunday qilib, insoniyat iste’mol qilmasa yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida va barcha zamonlarda, barcha mamlakatlarda inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Lekin ming afsuslar bo’lsinki, ko’’gina iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida, ayniqsa keyingi vaqtlarda nashrdan chiqqan darslik va o’quv qo’llanmalarida ishlab chiqarish jarayonini yoritish e’tibordan chetda qolib ketmoqda. Bu bir tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qaerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini, texnika va texnologiyalarning qaerda qo’llanilishini va qanday bo’lishini tushunmaslikka olib kelsa, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo’lmoqda. Xolbuki, ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarga yo’nalish beradi va ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish bo’lmasa ayirboshlanadigan, taqsimlanadigan narsaning o’zi bo’lmaydi. Chunki ishlab chiqarish jarayonida qanday shakldagi munosabatlar sodir bo’lsa, boshqa fazalardagi munosabatlar ham shunday shaklda sodir bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslik ko’’gina chalkashliklarga olib keladi.
Ayrim adabiyotlarda daromadlar yaratiladi va ishlab chiqariladi degan fikrlarning uchrab qolishining sababi ham ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslikdan deb o’ylaymiz. Ma’lumki, ishlab chiqarishda faqat mahsulot ishlab chiqariladi, ular sotilib taqsimlangandan keyingina turli ko’rinishdagi daromadlar shakllanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganish ilmiy va uslubiy ahamiyatga ega deb o’ylaymiz va, shunga ko’ra, bu jarayonni batafsil ko’rib chiqish zarur deb hisoblaymiz.
Bu bobda bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi.


Yüklə 73,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin