O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘limi iqtisodiyot yo‘nalishi


-chizma. Zaruriy va qo’shimcha mahsulotning sotilib ‘ulga aylangandan keyin o’zgargan shakllari



Yüklə 73,35 Kb.
səhifə6/12
tarix16.12.2023
ölçüsü73,35 Kb.
#183275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan-fayllar.org

5-chizma. Zaruriy va qo’shimcha mahsulotning sotilib ‘ulga aylangandan keyin o’zgargan shakllari.
Lekin ularning sof milliy mahsulotdagi hissasi turli omillar ta’sirida, masalan, texnika taraqqiyotining rivojlanishi, ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining o’zgarishi, mehnat unumdorligining oshishi natijasida o’zgarib turadi. Mehnat unumdorligining o’sishi natijasida zaruriy mahsulotning absolyut miqdori o’sgan holda sof milliy mahsulotdagi hissasi kamayib, qo’shimcha mahsulotning hissasi oshib boradi.
Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari o’rtasidagi bog’liqlikni ishlab chiqarish funkstiyasi deb atashadi. Masalan, ishlab chiqarish omillari - er (E), ka’ital (K) va ishchi kuchi (I)ni ishlab chiqarishda qo’llashdan olingan mahsulotni M dan iborat deb faraz qilsak, ishlab chiqarish funkstiyasi dan iborat bo’ladi.
Bu formula ishlab chiqarishga jalb qilingan omillarning, ya’ni sarflarning har birligi evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e’tiborni kam resurs sarflab, ko’’roq mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Undan tashqari, bu ko’rsatkich har bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga va ko’’aytirish mo’ljallangan mahsulot hajmini ishlab chiqarishga qancha resurs sarfi talab qilinishini aniqlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini birdaniga yoki ularning ayrim turlarini ko’’aytirish yo’li bilan mahsulot hajmini ko’’aytirish mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng bo’lgani holda ayrim omillar sarfini oshirish yo’li bilan mahsulotni cheksiz ko’’aytirib bo’lmaydi. Masalan, firma yoki korxonada ishlab chiqarish binolari, mashina, stanok va boshqa asbob–uskunalar soni va sifati o’zgarmagan holda ishchilar sonini va xom ashyoni ko’’aytirish yo’li bilan mahsulotni ma’lum miqdorda oshirish mumkin. Bunda bino va asbob-uskunalardan foydalanish darajasi oshiriladi, ya’ni ular to’xtovsiz ishlatiladi, ilgari bir smenada ishlayotgan bo’lsa endi ikki yoki uch smenada ishlatishga erishiladi. Ammo ma’lum darajaga borgandan keyin qo’shimcha jalb qilingan ishchi kuchi yoki xom ashyolar samarasi kamayadi. Ikkinchidan, ishlab turgan ishchilar soni o’zgarmagan holda ularni yangi texnika va texnologiyalar bilan qurollantirish, ya’ni har bir ishchiga to’g’ri keladigan ka’ital miqdorini oshirish hisobiga ham mahsulotni ko’’aytirishga erishish mumkin. Lekin bu jarayon ham cheksiz emas. Bunda omillardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulotni uch xil o’lchamda o’lchaydilar: umumiy mahsulot, o’rtacha mahsulot va so’nggi qo’shilgan mahsulot.
Umumiy mahsulot jalb qilingan asosiy ka’ital, ishchi kuchi, xom ashyo va materiallardan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutloq hajmidir.
O’rtacha mahsulot esa jalb qilingan har bir ishchi kuchi yoki ka’italning bir birligiga to’g’ri keladigan mahsulotga aytiladi. Bu esa umumiy mahsulot miqdorini umumiy omil (ishchi kuchi yoki ka’ital) miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi: .
So’nggi qo’shilgan mahsulot deb eng so’nggi qo’shilgan omil (ka’ital yoki ishchi kuchi) evaziga o’sgan mahsulotga aytiladi.
Masalan, o’tgan yili 100 nafar ishchi kuchi yordamida 100 ming so’mlik mahsulot olingan bo’lsa, bu yil 120 ishchi kuchi ishlab 130 ming so’mlik mahsulot olinsa, 20 nafar qo’shilgan ishchi, 30 ming esa so’nggi qo’shilgan mahsulot bo’ladi.
Bu oxirgi qo’shilgan mahsulot (o’sgan) miqdorini so’nggi qo’shilgan (o’sgan) ishchi kuchi yoki ka’ital miqdoriga bo’lish yo’li bilan qo’shilgan omil, ya’ni qo’shilgan ka’ital yoki qo’shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi, ya’ni:
yoki .
Bu jadvaldan ko’rinib turibdiki, ikkinchi yili birinchi yilga qaraganda omillar miqdori oshirilgan, ular so’nggi qo’shilgan omillar deb yuritiladi. Shuningdek mahsulot ham o’sgan, ana shu 30 birlikdagi o’sgan mahsulot so’nggi qo’shilgan mahsulot deb yuritiladi.
Har bir qo’shilgan omil evaziga olingan qo’shilgan mahsulot esa so’nggi qo’shilgan omil unumdorligi deb aytiladi.
G’arb adabiyotlarida qo’shilgan mahsulotni aniqlash uchun hamma omillar olinmaydi, balki alohida olingan bir omil olib ko’rsatiladi. Masalan, boshqa sharoitlar teng bo’lganda xom ashyo yoki ishchi kuchining o’sganligi nazarga olinib, uning evaziga olingan, ya’ni qo’shilgan mahsulot aniqlanadi.
Yuqorida aytganimizdek, alohida olingan omil evaziga qo’shilgan mahsulot ma’lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Bu kamayish ayniqsa uning har birligi evaziga qo’shilgan mahsulotda aniq seziladi. Mana shu qo’shilgan omil unumdorligining ‘asayishiga qarab, marjinalistlarning vakillari unumdorlikning kamayib borish qonuni degan qonunni kashf qilishgan.
Ularning g’oyasi bo’yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki omil oldingisiga qaraganda kam samara beradi va oqibatda umumiy o’rtacha mahsulot ham ‘asayib ketadi.
Bu qonunni ular iqtisodiyotning universal qonuni deb e’lon qiladilar va uni isbotlash uchun ko’’dan–ko’’ er bir birligiga (gektarga) sarflangan qo’shimcha ka’ital unumdorligining ‘asayib borishini ko’rsatadilar.
Bu qonun e’lon qilinganiga 100 yildan ko’’roq vaqt o’tdi, u davrlarda fan-texnika etarli rivojlanmagan edi. Bunday sharoitda u to’g’ri bo’lgan. Lekin hozirgi fan-texnika va texnologiya tez rivojlanib, yangiliklar ishlab chiqarishga joriy qilinib turgan davrda bu qonunning amal qilmasligi deyarli hamma adabiyotlarda va hamma iqtisodchi olimlar tomonidan tan olinmoqda.
Shunday qilib keyingi jalb qilingan omil yoki xarajat unumdorligining ‘asayib borish qonuni quyidagicha to’rt holatda amal qilishi mumkin:
1) ishlab chiqarishning boshqa omillari o’zgarmay faqat bir omil to’xtovsiz oshirilganda;
2) fan-texnika taraqqiy etmaganda yoki ishlab chiqarishga jalb qilinmaganda;
3) omillar o’rtasidagi miqdoriy va sifatiy nisbatlar buzilganda;
4) shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo’jasizlarcha, ko’r-ko’rona amalga oshirilganda;
Yuqorida belgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qilmaydi.

Yüklə 73,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin