Moliya va soliqlar


Moliya tizimining bo‘g‘inlari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə19/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   214
Moliya va soliqlar

2. Moliya tizimining bo‘g‘inlari.
Moliya munosabatlarining soha va bo‘g‘inlari o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘lib, ularning yig‘indisi moliya tizimini tashkil qiladi. Shuningdek «moliya tizimi» iborasi boshqa ma’noda, ya’ni moliya organlari va muassasalari yig‘indisi sifatida ham ishlatiladi. Moliya tizimining barcha bo‘g‘inlari o‘z navbatida ichki moliyaviy munosabatlar tarkibidan kelib chiqib quyi bo‘g‘inlarga bo‘linadi. Demak, tijorat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar moliyasi tarkibida, tarmoq yo‘nalishidan kelib chiqib, sanoat korxonalari moliyasi, qishloq xo‘jaligi korxonalari moliyasi, savdo korxonalari moliyasi, transport korxonalari moliyasi va boshqa mulkchilik shaklidan kelib chiqib, davlat korxonalari moliyasi, shirkat korxonalari moliyasi, aksionerlik jamiyatlari moliyasi, xususiy korxonalar va boshqalar moliyalariga bo‘linishi mumkin. Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalarning tarmoq va iqtisodiy xususiyatlari ularning moliyaviy munosabatlarini tashkil qilishga, maqsadli pul fondlarini tarkibiga, ularni shakllantirish va ishlatish tartiblariga o‘zining sezilarni ta’sirini ko‘rsatadi. Sug‘urta munosabatlari sohasida sug‘urta tarmoqlarini tashkil qiluvchi bo‘g‘inlar sug‘urta turlari bo‘yicha bo‘linadi.
Davlat moliyasi tarkibida ichki bo‘g‘in moliyaviy munosabatlarini guruhlanishi davlat boshqaruvi darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi (respublika, mahalliy). Moliya tizimini alohida bo‘g‘inlarga ajratish har bir bo‘g‘inning vazifalaridagi farqlanishga hamda markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish usullaridagi farqlanishga asoslanadi.
Umumdavlat markazlashgan pul fondlari moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo‘li bilan tuziladi. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi davlatning bajaradigan muhim roli uning ixtiyorida moliyaviy resurslarning katta qismini markazlashtirish zaruriyatiga olib keladi. Ularni ishlatish shakllari davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlar orqali namoyon bo‘ladi. Bular hisobidan davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy vazifalarini hal etish ehtiyoji ta’minlanadi. Pul fondlarini tashkil qilish va ishlatish shakllari hamda usullari moliya tizimining kredit va sug‘urta bo‘g‘inlari orqali qo‘llaniladi. Markazlashmagan pul fondlari korxonalarni o‘zlarining pul daromadlari va jamg‘armalari hisobidan tashkil topadi.
Moliya tizimi Yagona moliya tizimining asosi korxonalar moliyasi hisoblanadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadilar. Markazlashgan davlat fondlarining manbai moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilayotgan milliy daromad hisoblanadi. Umumdavlat moliyasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari rivojlanishining ma’lum sur’atlarini ta’minlashda, moliyaviy resurslarni iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlari o‘rtasida, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o‘rtasida hamda mulk shakllari, aholining alohida guruh va qatlamlari o‘rtasida qayta taqsimlashda yetakchi rol o‘ynaydi. Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish davlatning faol moliyaviy siyosati asosidagina mumkin bo‘ladi.
Moliya tizimi orqali davlat markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini, jamg‘arish va iste’mol fondlarini soliqlar, davlat budjeti xarajatlari, davlat kreditini qo‘llash bilan shakllantirishga ta’sir o‘tkazadi.
Davlat budjeti davlat moliya tizimining bosh bo‘g‘ini hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari funksiyalarini ta’minlash uchun markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish shaklidir.
Davlat budjeti mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi hisoblanadi va qonuniy tarzda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Davlat budjeti orqali davlat xalq xo‘jaligi taraqqiyotini, ijtimoiy-madaniy tadbirlarni, mudofaani, davlat hokimiyat va boshqaruv organlarini saqlashni moliyalashtiradi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin