Moliya tizimi haqida tushuncha Faoliyat jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui moliyaviy tizim deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliyaviy tizim deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish mumkin: xo‘jalik subyektlari, uy xo‘jaliklari, davlat va maxsus moliya institutlarining pul mablag‘larini taqsimlaydigan va ishlatadigan moliya munosabatlarining bir-biri bilan bog‘liq va birgalikda harakat qiladigan kategoriyalari, bo‘g‘inlariva sohalarining yig‘indisi moliyaviy tizim deyiladi”. “Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan obyektiv ravishda yangicha yondashuvni taqozo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga bo‘linadi:
• davlat moliyasi ;
•xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi
O‘ z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasiva mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin:
• davlat byudjeti;
• byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari;
• davlat krediti.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat:
• tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
• moliyaviy vositachilar moliyasi;
• notijorat tashkilotlari moliyasi.
Moliyaviy tizimning sohalari va b o‘g‘inlari.
Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishiYaIMnishakllantirish, taqsimlash va qaytataqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiymunosabatlar subyektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtiroketishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlaritegishlidir. Masalan, korxonalarmoliyasimoddiyishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqaliresurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ularhududlar, tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida davlat byudjeti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
• respublika byudjeti;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasibyudjetiva mahalliybyudjetlar.
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiQoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti hamdaQoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Vanihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida davlat byudjeti o‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak:
• daromadlar asosini mustahkamlash;
• byudjet daromadlari va xarajatlari ochiq va shaffof bo‘lishinita’minlash;
• modernizatsiya qilish va zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalgaoshirish negizida davlat xarajatlari tarkibida iqtisodiyotni innovatsion usulda rivojlanish xarajatlariga ustuvorlik berish;
• soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘lish tartibiniqayta ko‘rib chiqish negizida mahalliy byudjetlar daromad bazasini kengaytirish;
• byudjet defitsiti darajasini kamaytirish;
• byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini tako-millashtirish;
• G‘aznachilik tizimiishini takomillashtirish, byudjetmablag‘laridan samaralifoydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va h.k.
Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari (davlatmaqsadli fondlari) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bufondlarning vujudga kelishi davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag‘lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan shakllarva metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun hamularni moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltirilganligi belgisi bo‘yicha byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlariniquyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin:
• ijtimoiy mo‘ljallangan (yo‘nalishga ega bo‘lgan) davlatmaxsus fondlari;
• tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlatmaxsus fondlari.
Ayrim hollarda hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat maqsadli fondlari tashkil qilinishi mumkin. Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
• Respublika yo‘l fondi;
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i;
• Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi;
• O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi.
Davlat maxsusfondlaritarkibida katta miqdordagi mablag‘larning to‘planganligi sharoitida davlat moliyaviynazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz foyda-lanishga va suiistemol qilish holatlarining sodir etilishiga olibkelishimumkin. Shuning uchun hamdavlat moliyaviyresurslaridan foydalanish ustidan nazoratnikuchaytirish maqsadida ularni davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda byudjetga jamlangan fondlarning maqsadli yo‘nalishi o‘zgartirilmasdan saqlanib qolishi ta’minlanishilozim. Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliymoliya” sohasining o‘ziga xos bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag‘larni jalbqilish bo‘yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllaribilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslaro‘rtasidagi pul munosabatlarining o‘ziga xos alohida shaklidaniboratdir. Bunda davlat, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi. Davlat kreditida mablag‘larni qarz oluvchi sifatida davlatning hissasi miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi. Davlatning kreditorsifatidagioperatsiyalari, ya’nidavlat yuridikva jismoniyshaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bo‘lganda, ancha torroq bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bozoriqtisodiyotisharoitida byudjetdan moliyalashtirish hamqaytariluvchanlik va to‘ lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin. Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat o‘z daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” bo‘g‘ini to‘g‘risidagi an’anaviytasavvurlar kengayishi va keng ma’ noda hamda uni zamonaviytushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o‘z tarkibiga qo‘shmog‘i lozim.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning turli sharoitlarida moliyaning rivojlanish qonuniyatini tahlil qilish moliyaviy munosabatlarning mohiyatida umumiy belgilar mavjudligidan guvohlik beradi. Bu moliyani amal qilishining obyektiv sabablari va shartlarini saqlanib qolinganligi bilan ta’riflanadi. Bularning orasida ikkitasi ajralib turadi: tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va bu munosabatlarning subyekti sifatida davlatning amal qilishi.
Boshqa qiymat kategoriyalaridan farqli ravishda (misol uchun pul, kredit, mehnatga haq to‘lash fondi va boshqalar) moliya davlatning amal qilishi bilan organik bog‘liqdir. Biroq, barcha moliyaviy munosabatlar mohiyatidagi umumiy belgilarning mavjudligi ular o‘rtasidagi ma’lum farqlarni rad etmaydi. Moliyaviy munosabatlar davlat faoliyati natijasida emas, balki ijtimoiy ehtiyojlar tufayli yuzaga keladi. Davlat faoliyati emas, balki, aynan, ijtimoiy shart-sharoitlar moliyaning amal qilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy munosabatlarning paydo bo‘lishida davlatning rolini bo‘rtirib ko‘rsatish nazariy jihatdan to‘g‘ri bo‘lmaydi, aksincha amalda, agarda xo‘jalik yuritishning real shart-sharoitlari hisobga olinmasa, zarar qilishi mumkin.
Moliya – xo‘jalik yuritishning barcha darajalaridagi ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ajralmas elementidir. Ularning har ikkalasi quyi bo‘g‘in hisoblanmish korxonalar (tashkilotlar, muassasalar), tarmoqlararo birlashmalar (assotsiatsiyalar, konsernlar) va xalq xo‘jaligini boshqarishning davlat tizimlari uchun bir xil darajada muhimdir. Moliyasiz ishlab chiqarish fondlarini kengaytirilgan asosda, yakka tartibda va ijtimoiy doiraviy aylanishini ta’minlash, iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tuzilmalarini tartibga solish, fan-texnika yutuqlarini joriy qilishni rag‘batlantirish, boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish mumkin emas. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlatni ijtimoiy ehtiyojlarining turlichaligi turli ko‘rinishdagi moliyaviy munosabatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ular bir-birlaridan farq qilish bilan bir vaqtda ayrim umumiy jihatlari bilan xarakterlanadilar. Bu esa, ularni alohida guruhlarga birlashtirish imkonini beradi.
Moliyaviy munosabatlarni turlicha guruhlashtirish mumkin, lekin faqatgina obyektiv kriteriylari bo‘yicha guruhlanishi ilmiy asoslangan hisoblanadi. "Tizim" iborasi so‘nggi 40-50-yil davomida falsafa fanida chuqur tadqiq etib kelinmoqda va uni ijtimoiy hayot sohasiga keng joriy etish rusm bo‘lib bormoqda. Ijtimoiy, shu jumladan huquqiy hodisalarga tizimli yondashish real voqelikning tub mohiyatini teran anglashga, ularning atrofidagi boshqa hodisalar bilan uzviy aloqadorlik va o‘zaro ta’sir holatida rivojlanishini anglab yetishga ko‘maklashmoqda.