Nazorat va muhokama uchun savollar:
1.Jismoniy shaxslarning mol-mulk soliğining xususiyatlarini tushuntiring.
2. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq tơlovchilari kimlar?.
3. Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk soliği ob'ekti va bazasi nima?
4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bơyicha qanday imtiёzlar mavjud.
5.Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va tơlash tartibi tushuntiring?
6. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo’yicha kadastr qiymati aniqlanmagan bo’lsa, soliq bazasi qanday aniqlanadi?
22-Mavzu Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan er solig’i.
Reja
Er solig’ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati.
Yuridik shaxslardan olinadigan er solig’ini to’lovchilar, soliq solish obekti va soliq bazasi.
Yuridik shaxslardan olinadigan er solig’i bo’yica imtiyozlar va soliq stavkalari.
Yuridik shaxslardan olinadigan er solig’ini hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim etish va buyudjetga to’lash tartiblari.
Jismoniy shaxslardan olinadigan er solig’ini to’lovchilar, soliq solish obekti va soliq bazasi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan er solig’i bo’yica imtiyozlar va soliq stavkalari.
Jismoniy shaxslardan olinadigan er solig’ini hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim etish va buyudjetga to’lash tartiblari.
Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga to‘lovlar yer solig‘i yoki yer uchun ijara to‘lovi tarzda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi tatbiq etiladi.
Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer solig‘i to‘laydi.
Dostları ilə paylaş: |