Moliya va soliqlar


Yuridik shaxslardan olinadigan er solig’ini to’lovchilar (SK-425-modda)



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə131/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   214
Moliya va soliqlar

Yuridik shaxslardan olinadigan er solig’ini to’lovchilar (SK-425-modda).
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan er solig’ini Soliq solish obyekti (SKning 426-moddasi)
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.
Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar;
2) aholi punktlarining, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, shaxobcha yo‘llar, sug‘orish tarmoqlari, kollektorlar, sohil bo‘yi yerlari va boshqa shu kabi umumiy foydalanishdagi yerlar);
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar;
4) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, istirohat bog‘lari, sayilgohlar, xiyobonlar, dam olish uylari, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun belgilangan joylar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
5) davlat qo‘riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‘riqxonalarning (bundan ovchilik xo‘jaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qo‘riqxonalar mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning yerlari;
6) sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar – tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika hamda davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo‘lgan yer uchastkalari;
7) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar – aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yer uchastkalari;
8) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar – tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlari, xotira bog‘lari egallagan yer uchastkalari;
9) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
10) yuridik shaxs balansida bo‘lgan va fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar;
11) kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy chiqindilarni yig‘ish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari);
12) ko‘p kvartirali uylar egallagan yerlar, bundan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari mustasno;
13) suv fondi;
14) zaxiralar.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin