Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə160/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   214
Moliya va soliqlar

Byudjetiy rejalashtirish – turli darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni tuzish va ijro etish jarayonida mamlakatning umummilliy sotsialiqtisodiy
rivojlanish dasturi (ga) asosida (muvofiq ravishda) moliyaviy Byudjet jarayoni – Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha qonunchilik bilan reglamantatsiya qilingan hokimiyat organlarining faoliyati. Yagonalik, mustaqillik va balans metodi byudjet jarayonining prinsiplaridir.
Byudjet dotatsiyasi - o‘z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar etishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet defitsiti - muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
Byudjetdan mablag‘ ajratish – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet profitsiti – muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
Byudjet rospisi (ro‘yxat-yozuvi) – byudjet klassifikatsiyasining bo‘linmalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar taqsimlanishining asosiy operativ rejasi. Unda yil davomida soliqlar va boshqa to‘lovlarning byudjetga kelib tushish va byudjet mablag‘larining sarflanish muddatlari o‘z aksini topadi.
Grant – innovatsion xarakterdagi ishlarni maqsadli-imtiyozli moliyalashtirish. Soliqqa tortish maqsadlari uchun “grant” atamasi ishlatilganda xorijiy xayriya tashkilot (fond)lari tomonidan korxona va tashkilotlarga pul yoki natural shaklda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini, o‘qitish, davolash va boshqa shunga o‘xshash maqsadlarni amalga oshirish uchun ulardan foydalanilganligi to‘g‘risida hisobot berish sharti bilan beriladigan mablag‘lar tushuniladi.
Gerb solig‘i – turli xildagi tadbirkorlik bitimlari, kompaniyalarni qayd etish yoki uning aksionerlik kapitalini oshirish, ijara to‘g‘risidagi shartnoma va boshqalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlar uchun soliq.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin