Moliya va soliqlar


Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə162/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   214
Moliya va soliqlar

Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish – davlat tomonidan xorijdan va ichki mablag‘ni jalb qilish, respublika byudjeti mablag‘larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va qonunga muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat boji – yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etganligi yoki vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan tegishli hujjatlari berilganligi uchun olinadigan majburiy to‘lov. Turli instantsiyalardagi sudlarga berilgan ariza va shikoyatlar, notarial harakatlarning sodir etilganligi, fuqarolik holati aktining davlat qaydidan o‘tkazilganligi va tegishli organlar tomonidan hujjatlarning berilganligi uchun davlat boji olinadi. Uning miqdori yuridik harakat va beriladigan hujjatlarning xarakteriga bog‘liq.
Davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi. Bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar. Bunda davlat qarz oluvchi sifatida maydonga chiqadi.
Davlat ichki qarzlari – davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi. Oldin chiqarilgan va hozirgi vaqtgacha foizlari bilan qaytarilmagan (uzilmagan) davlat qarzlarining (zayomlarining) butun summasi.
Davlat maqsadli fondlari – Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan fondlar bo‘lib, ularning har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir manbadan mablag‘ tushish normalari va shartlari, shuningdek shu mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Aniq maqsadlarga mo‘ljallangan pul fondlari. Aholiga taqdim etiladigan sotsial xizmatlarning ko‘lamini kengaytirish, infrastrukturaning qoloq tarmoqlari rivojlanishini rag‘batlantirish, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarini qo‘shimcha resurslar bilan ta’minlash bu fondlarning maqsadidir. Bu fondlar Pensiya fondi, Respublika yo‘l fondi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus fondi (hisob varag‘i), Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat fondidan iboratdir. Ularning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni (etishmovchilikni) qoplash uchun davlat maqsadli fondlariga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan respublika byudjetidan byudjet dotatsiyalari va ssudalari ajratilishi mumkin. Davlat maqsadli fondlariga tushgan daromadlar xarajatlardan oshgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ortiqcha summa yilning har bir choragi yakunlari bo‘yicha respublika byudjetiga to‘liq yoki qisman olib qo‘yilishi mumkin.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin