Moliya va soliqlar


Investitsion soliq krediti



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə170/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   214
Moliya va soliqlar

Investitsion soliq krediti – soliq to‘lovchi tomonidan ma’lum bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha juda muhim buyurtmani bajarganligi yoki shu hudud aholisiga juda muhim xizmatni taqdim etganligi uchun unga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan soliq summasi doirasida beriladigan engillik, imtiyoz (soliq to‘lovining kechiktirilishi). Bu kredit soliq to‘lovchi va mahalliy ma’muriyat o‘rtasida tuziladigan soliq bitimi bilan rasmiylashtiriladi. Investitsion soliq kreditini taqdim etish (berish), rasmiylashtirish va qaytarish tartibi “Investitsion soliq krediti to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq belgilanadi.
Investor – 1) o‘z, qarziy va jalb qilingan mablag‘larni investitsiyalar shaklida joylashtirishni amalga oshiruvchi va ularning maqsadli foydalanilishini ta’minlovchi investitsion faoliyat subyekti; 2) qimmatbaho qig‘ozlarni sotib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Imtiyoz – ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki to‘liq) ozod etish, ma’lum bir afzalliklarga (qulayliklarga) ega bo‘lish, masalan, soliq imtiyoziga ega bu’lish.
Ish faolligi solig‘i - bir necha xorijiy mamlakatlarning (masalan, AQShda) soliqqa tortish amaliyotida qo‘llanilib, o‘z tarkibiga ikki elementni (korporatsiyalar foydasi) va undan to‘lanadigan dividendlarni ular shaxsiy daromadga aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda to‘langan soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi soliqqa tortish manbaini ikkinchi mamlakatda soliqqa tortishdan ozod qilish yo‘li bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutilish mumkin. 1979 yilda BMT tomonidan manfaatdor davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ikki marta soliqqa tortishga barham berish uchun maxsus konventsiya ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi. Ular tomonidan o‘rnatilgan soliqqa tortish tartibiga ko‘ra qo‘shma korxona xorijiy ishtirokchisi o‘z foydasini xorijga o‘tkazayotgan paytda qo‘shimcha soliqdan ozod qilinadi.
Ish haqi solig‘i – yuridik shaxslardan ish haqi xarajatlariga nisbatan va xodimlarning ish haqidan ma’lum foizda olinadigan soliq.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin