Moliya va soliqlar


Daromad solig‘i bo‘yicha jarimalar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə166/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   214
Moliya va soliqlar

Daromad solig‘i bo‘yicha jarimalar – ushbu soliq to‘lanmaganda, noto‘liq to‘langanda yoki to‘lash tartibi buzilganda (rioya qilinmaganda), pulni undirish, moddiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat. O‘z vaqtida ushlab qolinmagan, noto‘liq ushlangan yoki tegishli byudjetga o‘tkazilmagan soliq summalari jismoniy shaxslarga daromad to‘laydigan korxona, tashkilot va muassasalardan undirishga mo‘ljallangan summaning 10% hajmidagi jarimani birgalikda qo‘shib, soliq organlari tomonidan so‘zsiz undirib olinadi. Korxona, tashkilot, muassasalar va tadbirkor sifatida qayddan o‘tgan jismoniy shaxslardan soliq o‘z vaqtida tegishli byudjetga o‘tkazilmasa, har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lov muddatidan keyingi kundan boshlab to‘langan kungacha (bu kun ham qo‘shiladi) 0,5% miqdorida penya
undiriladi. Penyaning undirilishi ularni javobgarlikning boshqa turlaridan ozod etmaydi.
Daromadiy (daromadli) soliqqa tortish – daromadlarning olinish vaqtida undiriladigan daromad soliqlari tizimi.
Daromadlardan olinadigan soliq – foyda solig‘idan tashqari aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘izlar bo‘yicha (davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha olingan daromadlardan tashqari) olingan dividendlar va foizlardan, kazinolar, videosalonlarning daromadlaridan, o‘yin avtomatlarining daromadlaridan, ommaviy kontsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazishdan olingan daromadlardan korxona va tashkilotlar tomonidan to‘lanadi.
Dividendlar – taqsimlashga mo‘ljallangan aksionerlarning sof foydasi (daromadi); aksionerlik jamiyati yoki korxona sof foydasidan har bir aksiya uchun aksionerlarga ma’lum davrdan so‘ng (har yili, ayrim hollarda – har chorakda) to‘lanadigan daromad.
Dotatsiya – davlat byudjetidan qaytarilmaydigan tartibda beriladigan pul mablag‘lari, zarar (ziyon)larni qoplash uchun korxona va tashkilotlarga beriladigan davlat nafaqalari. Zarar (ziyon)lar korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vujudga kelgan paytda istisno tariqasida dotatsiya berilishi mumkin.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin