Moliya va soliqlar


Korxonalarning davlat reestri



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə172/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   214
Moliya va soliqlar

Korxonalarning davlat reestri – soliq to‘lovchilarni soliq inspektsiyasida hisobga olish uchun qo‘llaniladi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni identifikatsiyalashtirishni ta’minlaydi.
Ko‘chmas mulk - er bilan mustahkam bog‘liq bo‘lgan er maydonlari, alohidalashtirilgan suv obyektlari, o‘rmonlar, ko‘p yillik o‘simliklar, binolar, inshootlardan iborat. Ularning ko‘chirilishi shu narsalarning mo‘ljallanganligiga zarar yetkazadi. Ko‘chmas mulkning tarkibiga davlat qaydidan o‘tgan havo va dengiz kemalari, kosmik obyektlar ham kiradi. Ko‘chmas mulkning asosiy belgisi sifatida er hisobga olinadi. Qonun bo‘yicha ko‘chmas mulkning tarkibiga boshqa mulklar, masalan, korxona yoki xonadonlar ham kiritilishi mumkin.
Korxona mulki – asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralarining yig‘indisidan iborat. Uning tarkibiga: materiallar, tayyor mahsulot, kelgusi davr xarajatlari, hisobot davrida (kunida) mahsulot tannarxi tarkibiga kiritilmagan, lekin amalga oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlari, qoldiq mahsulotlarning muomala xarajatlari va ortib jo‘natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqalar kiradi. Soliqqa tortish bazasi (asosi) hisoblanayotgan paytda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiradigan predmetlarning qiymatidan eskirish summasi chiqarib tashlanadi.
Kvota – 1) tegishli bitim doirasida milliy yoki xalqaro birlashma ishtirokchilarining ishlab chiqarish yoki sotishda ishtirok etish hissasi; 2) xalqaro iqtisodiy yoki moliya-valyutaviy tashkilotning ustav fondi yoki kapitalida mamlakatning badali; 3) soliqqa tortish birligidan olinadigan soliqning stavkasi (absolyut ifodada yoki hissa ko‘rinishida); 4) nimaningdir qismi, hissasi, normasi (me’yori), miqdoriy cheklanishlar.
Korporatsiyalarning daromadidan olinadigan soliq – daromad solig‘i va foyda solig‘ining (ayrim mamlakatlarda) o‘rniga barcha kompaniyalarning foydasidan qat’iy foizda olinadigan soliq. Barcha korporativ organ va nokorporativ assotsiatsiyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Taqsimlanadigan dividendlar summalaridan ham soliq olishni taqoza etadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin