Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə175/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   214
Moliya va soliqlar

Maxsus bojxona bojlari – bojxona bojlarining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, agar mamlakatga olib kirilayotgan mahsulotlar shunga o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatning o‘zidagilarga zarar yetkazadigan bo‘lsa, himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa mamlakatlarning diskriminatsion harakatlariga nisbatan javob tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin.
Maqsadli soliq imtiyozlari – xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan davlatning maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, investitsion va boshqa dasturlarining
bajarilganligi uchun soliqqa tortish hajmining pasaytirilishi. Investitsion soliq
kreditidan farqli ravishda o‘zaro manfaatdorlik (o‘zaro foydalilik) asosida mintaqaviy byudjetga borib tushuvchi soliq summalari doirasida ijroiya hokimiyati organlari tomonidan har qanday korxonaga berilishi mumkin.
Maqsadli ajratmalar – nobyudjet fondlarning daromadlar qismini shakllantiradi. Bu ajratmalarning manbai ishlab chiqarilgan (yaratilgan) yalpi ichki mahsulot bo‘lib, uning hisobidan birlamchi daromadlarni shakllantirish jarayonida ijtimoiy maqsadlar uchun nobyudjet fondlarga, mehnat haqi fondiga bog‘langan va mahsulot tannarxining tarkibiga kiritiladigan to‘lovlarning tegishli qismi tarkib topadi: pensiya fondiga, majburiy tibbiyot sug‘urtasi fondiga va h.k.
Maqsadli byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar - qarang: Byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar.
Maqsadli xorijiy kredit - loyihalarning maqsadlariga muvofiq ravishda tovarlar, ishlar va xizmatlarning haqini to‘lash yo‘li bilan mablag‘larni xorijiy valyutada qaytarilish va tiklash asosida taqdim etilishini ko‘zda tutgan holda hukumatning tashqi qarz olish Davlat dasturiga kiritilgan loyihalarini moliyalashtirish shakli. Ular xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va firmalarining kreditlariga bog‘langan kreditlarni va xalqaro moliyaviy tashkilotlarning nomoliyaviy kreditlarini o‘ziga qamrab oladi.
Ma’muriy javobgarlik – ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar javobgarligining shakllaridan biri.
Moliya – davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni yaratish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin