Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə177/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   214
Moliya va soliqlar

Moliyaviy mexanizm – moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning davlat tomonidan o‘rnatilgan shakllari, turlari va metodlari tizimi. Davlat tomonidan tartibga solishning darajasiga bog‘liq ravishda ikkiga bo‘linadi: direktiv moliyaviy mexanizm va tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm. Direktiv moliyaviy mexanizm davlat bevosita ishtirok etadigan munosabatlar (soliqlar, davlat krediti, byudjet jarayoni va boshqalar) bilan bog‘langan. Tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm esa, davlatning manfaatlariga to‘g‘rida-to‘g‘ri ta’sir etmaydigan moliyaviy munosabatlardan (masalan, korxona ichki-xo‘jalik faoliyatini tashkil etish) foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab (aniqlab) beradi.
Moddiy xarajatlar – xom-ashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, yoqilg‘i, energiya va boshqa xarajatlardan iborat. Moddiy resurslarning qiymati ularni sotib olish bahosi (qo‘shilgan qiymat solig‘isiz), ta’minot va tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to‘lanadigan ustamalar, komission mukofotlar boj to‘lovlari, tovarlar birjasining xizmat qiymatlari, tashish, saqlash va etkazib berish haqlarining yig‘indisidan tashkil topadi.
Mehnat haqi xarajatlari – asosiy ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi mukofotlari, rag‘batlantiruvchi va tiklovchi (qoplovchi) to‘lanmalar, natural haq sifatida beriladigan mahsulotlarning qiymati, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha xodimlarga beriladigan mehnat haqi va boshqa to‘lanmalarni o‘z ichiga oladi.
Meros – qonun yoki vasiyatga muvofiq merosxo‘rlik asosida qabul qilinadigan mulk.
Merosxo‘rlar – qonunga muvofiq ikki toifaga bo‘linadi: 1) birincha darajali (navbatdagi) merosxo‘rlar – vafot etgan shaxsning bolalari, xotini (eri), ota-onasi, vafot etgandan so‘ng tug‘ilgan farzand; 2) ikkinchi darajali (navbatdagi) merosxo‘rlar – vafot etgan shaxsning aka-ukalari, opasingillari, ota yoki ona tomonidan bobosi va momosi. Ikkinchi darajali (navbatdagi) merosxo‘rlar qonun bo‘yicha birinchi darajali (navbatdagi) merosxo‘rlar bo‘lmaganda, ular tomonidan meros qabul qilinmaganda yoki vasiyatchi tomonidan ular meros qabul qilish huquqidan mahrum etilganda merosni qabul qilishga chaqiriladilar.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin