Moliya va soliqlar


Kasb solig‘i (kasbiy soliq)



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə173/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   214
Moliya va soliqlar

Kasb solig‘i (kasbiy soliq) – mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatining barcha turlaridan har yili olinadigan to‘g‘ri (bevosita) soliqlardan biri. Masalan, Fransiyada kasb solig‘i (kasbiy soliq)ning stavkasini hisoblashda baza sifatida ko‘chmas mulk ijarasining qiymati, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan barcha asbob-uskunalarning qiymati (subyektning o‘z mulkimi yoki ijaraga olganmi, bundan qat’iy nazar), ish haqi fondining qiymati va boshqalar xizmat qiladi. Kasb solig‘i (kasbiy soliq)ning summasi asos raqamlari va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilanadigan koeffitsiyent asosida hisoblanadi. Bunda uning summasi korxonada yangidan yaratilgan mahsulotning ma’lum bir foizidan (masalan, 5%) oshmasligi lozim.
Kvotativ soliqlar – daromad yoki mulk qiymatining puldagi ifodasiga nisbatan foizlarda o‘rnatiladigan soliqlar.
Kontingentlashtirilgan soliqlar – umumiy summasi oldindan o‘rnatiladigan va so‘ng ma’muriy birliklardan tortib to alohida soliq to‘lovchilar o‘rtasida taqsimlanadigan soliqlar.
Lizing – moliya-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib, korxonalar tomonidan mashina, asbob-uskuna va shunga o‘xshashlarni uzoq muddatli ijaraga olinishini anglatadi. Lizingda uning obyektlari odatda (lekin majburiy tartibda emas) ijaraga beruvchi korxonaning balansidan ijaraga oluvchi korxonaning balansiga pirovardida o‘tkaziladi. Bu tartibdagi bitimlar ijarachi korxona uchun foydali hisoblanib, ular moliyaviy zarar ko‘rmaydilar va, odatda, soliq va amortizatsiya imtiyozlariga ega bo‘ladilar.
Litsenziya – u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo‘jalik ishlab chiqarish va ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma’lum bir turi va miqdorini eksport yoki import qilish, olish kirish, olib chiqish yoki o‘tkazib ketishga davlat yoki mahalliy boshqaruv organlarining rasmiy ruxsati (roziligi). Savdo qilish huquqi yoki lotereya va mahalliy auktsionlarni o‘tkazish uchun litsenziya uch nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa ijarachiga (o‘tkazuvchiga, shug‘ullanuvchiga) beriladi, ikkinchisi tuman soliq inspektsiyasiga yo‘llanadi, uchinchi nusxa esa tegishli qaror, xat va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda tuman yoki shahar ma’muriyatining ish jildida saqlanadi. Litsenziya olish uchun murojaat etayotgan jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega ekanliklari to‘g‘risida guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.
London klubi - o‘z hukumatlarining kafolatlarisiz SSSRga ssuda taqdim etgan 600 yirik g‘arb bank-kreditorlarning birlashmasi. 1996 yilda Rossiya va London klubi o‘rtasida kelishuvga erishilgan bo‘lib, unga muvofiq 32 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi Rossiyaning tashqi qarzi (shundan, 25 mlrd. AQSh dollari – asosiy qarz, 7 mlrd. AQSh dollari esa – asosiy qarz bo‘yicha to‘lanmagan foizlar) muddatidan oldin restrukturizatsiya qilingan va unga ko‘ra, bu qarz navbatdagi 25 yilga qayta rasmiylashtirilgan va 5 yillik imtiyozli davr taqdim etilgan edi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin