Moliya va soliqlar


TALABALAR BILIMINI BAHOLASH TEST SAVOLLARI .…………... 202



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə2/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
Moliya va soliqlar

TALABALAR BILIMINI BAHOLASH TEST SAVOLLARI .…………... 202


O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN TA’LIM METODLARI….…....... 224


FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ……………….. 238
I-BO’LIM. O’QUV MATERIALLARI


1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Reja


1. Moliyani o‘rganishning zarurligi
2. Fanning maqsadi va vazifalari
3. Moliyaning mohiyati va zarurligi
4. Moliyaning funksiyalari


1. Moliyani o‘rganishning zarurligi

O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, qisqa vaqt ichida davlatchiligini, mustaqil moliya, kredit, sug‘urta va boshqa sohalarni shakllantirish, ular vositasida murakkab xo‘jalik va ijtimoiy jarayonlarni mohirlik bilan boshqarishni ham yo‘lga qo‘ya oldi. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida moliya tizimining ahamiyati tobora ortib borishi moliya organlarining faoliyatiga talabni kuchaytirib yubormoqda. Moliya tizimining o‘ziga xos tomonlari shundaki, turlicha mulk subyektlarining xo‘jalik yuritishdagi teng huquqli munosabatlarini o‘zida ifoda etadi. Respublikamiz moliya tizimini rivojlantirishda bevosita iqtisodchi mutaxassislarning roli kattadir. Bo‘lajak iqtisodchilarni oliy ta’lim muassasalarida olayotgan bilimlari orasida «Moliya» fanining alohida o‘ziga xos o‘rni mavjud.


Moliyani o‘rganish nima uchun muhim hisoblanadi? Bunga javobni quyidagicha berish mumkin:
• mamlakat moliya siyosatiga ta’sir ko‘rsatuvchi, ongli fuqarolik qarorlarini qabul qilish uchun. davlat budjeti – bu “sening budjeting” hamdir: partiyalarning siyosiy dasturlarini, budjet so‘rovlarini, qabul qilinayotgan qarorlarni baholash bilan birga ular davlatning farovonligiga va aholining shaxsiy daromadlariga qanday ta’sir etishi to‘g‘risida o‘z firklarini shakllantirmoq uchun;
• biznes dunyosidagi va davlat boshqaruvidagi muvaffaqiyatli faoliyat uchun;
• qiziqarli va foydali martabani (karerani) ta’minlash uchun;
• shaxsiy daromadlar va jamg‘armalarni samarali boshqara olishlik uchun;
• shaxsiy dunyoqarashni kengaytirish uchun.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin