Moliya va soliqlar


Moliya siyosatining mazmuni ko‘p qirrali bo‘lib, quyidagi muhim bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə9/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   214
Moliya va soliqlar

Moliya siyosatining mazmuni ko‘p qirrali bo‘lib, quyidagi muhim bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi:
a) moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan konsepsiyalarini ishlab chiqish. Bu konsepsiyalar quyidagilarni o‘rganish asosida ishlab chiqiladi: - iqtisodiy qonunlar talablarini o‘rganish; - xo‘jalik rivojlanishining holatini har tomonlama tahlil qilish; - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini o‘rganish; - aholining talab va ehtiyojlarini o‘rganish.
b) istiqbolda va joriy davr mobaynida moliyadan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish; shu tarzda iqtisodiy siyosatda ko‘zda tutilgan maqsadlarga yetish yo‘llaridan kelib chiqiladi, xalqaro omillar inobatga olinadi va moliyaviy resurslarni yanada ko‘paytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
v) oldinga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy hatti-harakatlar, chora-tadbirlar ko‘rish.
Yuqoridagi asosiy bo‘g‘inlarning birligi moliya siyosatining mazmunini aniqlab beradi. Faqat hozirgi kundagi joriy davrga mo‘ljallangan, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan moliya siyosati samarasizdir. Shuningdek, uzoq davrga mo‘ljallangan, istiqbolni ko‘zlab ishlab chiqilgan konsepsiyalar va yo‘nalishlar, ular qanchalik oliyjanob, jozibali bo‘lmasin, davlatning amaliy harakatlari, chora-tadbirlari bilan ta’minlanmasa, inqirozga duchor bo‘ladi.
2.Moliya siyosatining turlari
Xal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarning xarakteriga, murakkabligiga va davrining uzoqligiga qarab, moliya siyosati:
1. Moliyaviy strategiya.
2. Moliyaviy taktikaga bo‘linadi.
Moliyaviy strategiya – moliya siyosatining istiqbolga (kelajakka) mo‘ljallangan va ijtimoiy hamda iqtisodiy strategiya orqali belgilangan keng ko‘lamli masalalarni xal etishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kursi. Uni ishlab chiqish jarayonida moliyaning rivojlanish asosiy tendensiyalari taxmin qilinadi, ulardan foydalanish konsepsiyalari shakllanadi, moliyaviy munosabatlarni tashkil etish tamoyillari ko‘zda tutiladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin