Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə6/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
Moliya va soliqlar

4. Moliyaning funksiyalari
Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy kategoriya bo‘lib, hozirda ijtimoiy-siyosiy tuzumi turlicha bo‘lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bu kategoriya boshqa iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, tannarx, qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlar, mehnat mezoni va iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, milliy daromadni taqsimlash kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi. Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar-pul munosabatlarining mavjudligi bilan bog‘liq. Moliya munosabatlarining rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy faoliyatining iqtisodiy jihatdan alohidaligi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar bilan ham bog‘liqdir. Milliy daromadning taqsimlanishi pul shaklida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda boshqa qonunlarda mulkchilikning turli shakllarida bo‘lishining mustahkamlanishi, tovar-pul munosabatlarining yanada rivojlanishi hamda bozor mexanizmining takomillashuviga olib keladi. Lekin pul moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o‘z ichiga olmaydi. Moliya munosabatlarining mavzusi, asosan, davlat hamda korxonalarning pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalaridan tashkil topadi. Shuning uchun ham moliyaning rivojlanishi davlatning rivojlanishi va uning zaxiralarga bo‘lgan ehtiyoji bilan bevosita bog‘liqdir. Moliyaning mohiyati, uning iqtisodiy kategoriya sifati ijtimoiy munosabatlar orqali ko‘rinib, o‘ziga xos vazifani bajaradi. Davlat hamda korxona va tashkilotlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘laridan davlat fondini tashkil qilish, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar jarayonida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ustidan nazorat va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Funksiya obyekt ichki mohiyatining konkret shaklini namoyon bo‘lish jarayonidir. Moliyaning funksiyalari yuzasidan iqtisodchi olimlarning o‘rtasida qator baxsli holatlar mavjud. Bir qator taniqli moliyachilar moliyaning 3 ta funksiyasi mavjudligini e’tirof etishadi. A.M.Birman moliyaning quyidagi funksiyalari mavjudligini e’tirof etadi:
1. Xo‘jalik yuritish jarayonini pul mablag‘lari bilan ta’minlash
2. Nazorat
3. Taqsimlash

M.Aleksandrov va E.A.Voznesenskiyning fikriga ko’ra, moliya quyidagi funksiyalarni bajaradi:


1. Pul fondlarini shakllantirish
2. Shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish
3. Nazorat

I.T.Balabanovning nuqtai nazariga binoan bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning taqsimlash funksiyasi o‘zining mazmunini yo‘qotadi.


Iqtisodchi V.M.Rodionovaning fikriga ko‘ra, moliya taqsimlash va nazorat funksiyalarni bajaradi. Hozirgi sharoitda O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi. Iqtisodiy subyektlarning asosiy maqsadi foyda olish hisoblanadi. Foyda markazlashtirilmagan pul fondlarining asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning ko‘p ukladli shakllarini paydo bo‘lishi va bozor iqtisodiyotining amal qilishi to‘liq iqtisodiy mustaqillikni ta’minlovchi demokratik tizimni shakllantirishni obyektiv zarur qilib qo‘yadi. Bunday sharoitda iqtisodiy subyektlar faoliyatining moliyaviy natijalari, ya’ni tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga bog‘liqdir. Savol tug‘iladi. Turli darajadagi ko‘p sonli fondlarni shakllantirishning asosiy moliyaviy manbalari nima hisoblanadi? Albatta bunda makrodarajada Yalpi ichki mahsulot. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy dastaklar: me’yorlar, stavkalar, tariflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy dastaklar vositasida amalga oshiriladi.
Mikrodarajada esa, uning manbai korxonalar pul daromadlari va jamg‘armalari hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyotining turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida, turli moliyaviy tizimlar amal qiladi, ba’zi hollarda mavjud iqtisodiy munosabatlarni muvaffaqiyatli obyektiv namoyon qiladi, boshqa hollarda esa, muvaffaqiyatsizroq, biroq moliya har doim taqsimlash funksiyasini bajaradi. Moliyaning boshqa muhim funksiyasi nazoratdir. U taqsimlash funksiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va ishlatilishi nazorati bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta ham munosabat yo‘qdir. Shu bilan birga faqatgina nazorat bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabat ham yo‘q. Moliya ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni shakllantirish, taqsimlash va ishlatishning barcha bosqichlarida nazoratni amalga oshiradi. Nazoratni bosh maqsadi ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, xalq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarida ishning sifatini yaxshilash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlaridan oqilona foydalanishga erishishdir.
Moliyaning nazorat funksiyasi korxonalarni barcha xo‘jalik faoliyatlarida namoyon bo‘ladi. So‘m orqali nazorat qilish ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari ustidan, bu xarajatlarning daromadlarga mos kelishi ustidan, asosiy fondlar va aylanma mablag‘larning shakllanishi va ishlatilishi ustidan amalga oshiriladi. Mazkur nazorat mablag‘lar aylanishining barcha bosqichlarida - moliyalashtirish va kreditlashtirishda, naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda, budjet va moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari bilan o‘zaro aloqalarda amal qiladi. So‘m orqali nazorat yordamida mahsulot realizatsiyasi jarayoniga, shartnoma bo‘yicha shartlarni bajarilishiga, rentabellikka, foydaga, fond qiymatiga, aylanma mablag‘lar aylanishiga ta’sir o‘tkazadi. Shunday qilib so‘m orqali nazorat daromadlar o‘sishini, mablag‘lar va moddiy boyliklar oqilona sarflanishini rag‘batlantiradi, korxonalarni kamchiliklarni bartaraf etishga, xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga, uning samaradorligini oshirishga, xo‘jasizlik va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka majbur qiladi. So‘m orqali nazoratning muhim xususiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u mablag‘lar kelib tushishi va ishlatilishi jarayonida uzluksiz davom etadi va maxsus tekshiruv hamda kuzatishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lmay, mustaqil ahamiyat kasb etadi. Moliyaning nazorat funksiyasi obyekti — korxonalar, tashkilotlar, muassasalar faoliyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning samaradorligini oshirish ko‘proq korxonada bosh hisobchi, moliya bo‘limlarining xodimlari ishni qay darajada yo‘lga qo‘yilganligini, moliyaviy axborotning haqqoniyligini, moliyaviy intizomga rioya qilishni, buxgalteriya hisobi hisobotini to‘g‘ri yuritishga bog‘liqdir. Faqatgina shunday sharoitlarda moliyaviy nazoratning natijalari xalq xo‘jaligidagi holatni tahlil qilish va obyektiv baholash hamda takror ishlab chiqarish jarayoni borishini muvofiqlashtirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin