Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə179/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   214
Moliya va soliqlar

Ortiqcha to‘lovlar – to‘lovning byudjetga tushgan ortiqcha summasi. Odatda soliq to‘lovchining boshqa to‘lovlar bo‘yicha mavjud bo‘lgan boqimandalarini uzish uchun hisobga olinadi va bu to‘g‘rida unga ma’lum qilinadi yoki soliq organining qarori nusxasi va bankning tegishli ko‘chirmasi asosida soliq to‘lovchiga qaytariladi. Boshqa to‘lovlar bo‘yicha boqimandalari bo‘lmagan holda korxonaning ortiqcha to‘lovlari summasi uning yozma arizasiga ko‘ra to‘lov muddati etib kelmagan to‘lovlarni to‘lashga yo‘naltirilishi yoki uning o‘ziga qaytarilishi mumkin. Ortiqcha to‘lovlarning qaytarilishi soliq organlari tomonidan byudjet hisobidan
amalga oshiriladi.
Patent - ma’lum bir huquq yoki imtiyoz beruvchi hujjat. Masalan, savdo yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullanish huquqi. Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy savdo nuqtalarida (joylarida) savdoni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar savdo qilish huquqiga ega bo‘lish uchun vaqtinchalik patentni sotib oladilar. Patentda uning berilish muddati (patent amal qiladigan davr), savdo amalga oshiriladigan mahsulotlar guruhi va savdo qilish joyi o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim.
Parij klubi – dunyoning asosiy (bosh) kreditor-davlatlari guruhi. Agar biror-bir qarzdor mamlakat o‘z to‘lov balansini balanslashtirishda qiyinchilikka duch kelib, XVF yordamida o‘z iqtisodiyotini sog‘lomlashtirish dasturini amalga oshirishga kirishsa, Parij klubi qarzdor mamlakatning moliyaviy muammolarini hal etishda o‘z hissasini qo‘shadi. Buning uchun hamkorlikda o‘sha mamlakat bilan (birgalikda) bitim ishlab chiqiladi. Unga ko‘ra, uning tashqi qarzlarini qaytarish muddatlari uzaytiriladi. Masalan, Rossiya Parij klubi davlatlariga qarzining hajmi 40 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan bir paytda, 1996 yil aprelining oxirida Parijda Rossiyaning Parij klubi kreditorlariga bo‘lgan qarzini uzoq muddatli restrukturizatsiya qilish to‘g‘risida bitim imzolandi. Unga muvofiq ravishda Rossiya tomonidan qarzning qaytarilishi 2002 yildan boshlanishi va 2020 yilga kelib tugashi
kerak. Bu narsa iqtisodiy krizisdan chiqqandan, iqtisodiyotda real o‘sish sodir bo‘lgandan so‘ng Rossiyaga Parij klubi kreditorlarining tashqi qarzlarini qaytarishga kirishishga imkon beradi.
Penya – fuqarolik huquqida jazo choralari (jarima)ning ko‘rinishlaridan biri, qonun yoki shartnomaga muvofiq to‘lovlar muddatini buzganlik uchun undiriladigan moliyaviy jazoning shakli. Uning miqdori qonunga ko‘ra to‘lovning har bir kechiktirilgan kuni uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan summaga nisbatan foizda belgilanadi. Korxona tomonidan to‘langan penya summasi noishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiga kiritiladi.
Pensiya – qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari uchun va boquvchisini yuqotganda fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash uchun pul summalarining kafolatlangan har oylik to‘lovi. Uning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: qarilik pensiyasi; nogironlik pensiyasi, xizmat qilgan yillari uchun pensiya; boquvchisini yuqotganligi uchun pensiya; sotsial pensiya.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin