Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə178/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   214
Moliya va soliqlar

Muomala xarajatlari – mahs ulotlar muomalasi jarayoniga xizmat qiluvchi xarajatlardan iborat. Ular ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 1) ol ko‘rinishlari bozori. Birlamchi moliyaviy bozorda yangi qimmatli qog‘ozlar chiqariladi, ikkilamchi moliyaviy bozorda esa, oldin chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning qayta sotilishi sodir etiladi.
Mulkiy soliqqa tortish – soliq to‘lovchining mulkidan, ko‘p hollarda uning kapitalidan olinadigan soliqlar tizimi. Odatda, progressiv xaraktyerga ega – mulkning o‘lchami (hajmi, miqdori) oshishiga qarab soliqning stavkasi ham ortadi.
Mulk solig‘i (mulkiy soliq) – o‘z tarkibiga ko‘chmas mulk (er, binolar) solig‘ini va shaxsiy mulk(asbob-uskunalar, zaxiralar) solig‘ini oladi. Mahalliy hokimiyat organlari foydasiga hisoblanib, ko‘pgina mamlakatlarda ular daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda bu soliq yuridik shaxslarning mol-mulkiga va jismoniy shaxslarning molmulkiga solinadigan soliqlarga bo‘lingan.
Nafaqa – vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganda, homiladorlik va tug‘ishda, bola tug‘ilganda, bola parvarishi bo‘yicha va shunga o‘xshash boshqa holatlarda mamlakat fuqarolariga beriladigan doimiy ravishdagi yoki bir martalik pul to‘lanmasi.
Nodavlat moliyaviy nazorati – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy ahvoli va likvidliligi, moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi, foydaliligi va to‘lovga layoqatliligi ustidan auditorlik firmalari, korxona va tashkilotlarning rahbariyati va moliyaviy xizmatlari, aksionerlari, tijorat banklari, sug‘urta firmalari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Obligatsiya – foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog‘oz. Davlat organlari tomonidan byudjet defitsitini qoplash uchun va aksionerlik jamiyatlari tomonidan kapitalni jalb qilish maqsadida chiqariladi. Aktsiyadan farqli o‘laroq obligatsiyada uni qaytarish (uzish) muddati ko‘rsatiladi.
Oborot solig‘i - ishlab chiqarishning yakuniy bosqichida xalq iste’moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qiymatidan olinadigan soliq turi. Asosan, uch xil metod bo‘yicha aniqlanadi: 1) chakana baho (savdo va ta’minot ustamalari chegirilgan) va korxona ulgurji bahosi o‘rtasidagi farq; 2) chakana baholardagi (savdo ustamalari chegirilgan) tovar oborotga nisbatan foizda; 3) mahsulot birligiga nisbatan absolyut pul summalarida. Barcha mahsulotlardan olinmasdan, balki texnologik zanjirning oxiridagi mahsulotdan olinadi (masalan, cho‘yan rudasidan
emas, balki muzlatgich, avtomobildan olinadi). Hozirgi paytda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, O‘zbekiston kabi mamlakatlarda bu soliqdan qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tilgan bo‘lsa, AQShda uning o‘rniga sotuvdan olinadigan soliq joriy etilgan.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin