Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə25/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   214
Moliya va soliqlar

Aksiyalar. Aksiya – egasiga emitent foydasining bir qismini
dividend shaklida olish hamda aksiyadorlik korxonasi mulkining bir qismiga egalik qilish huquqini beruvchi ulushli qimmatli qog‘oz turi hisob lanadi. Divi dend – aksiyadorlik jamiyati olgan foydaning aksiya egasiga ulush bo‘lib tegadigan qismi. Aksiyalar aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan tadbir korlik faoliyatiga qo‘yilgan kapital miqdoriga qarab chiqariladi. Agar firma
ning mol-mulki 10 million so‘mlik bo‘lsa, shunga teng bo‘lgan
summada aksiya chiqarib sotiladi. Agar firma 12 million so‘mlik
aksiya chiqarsa, ortiqcha 2 million so‘m pul firma kapitaliga
qo‘shilishi shart. Aksiya shunday qog‘ozki, uning egasi bo‘l gan
aksiyador emitent tomonidan biror faoliyatga qo‘yilgan kapitalda o‘z hissasiga ega bo‘ladi va shunga qarab foydaning bir qismini dividend shaklida oladi. Demak, aksiya qo‘yilgan capital bilan ta’minlangan, uning ortida ma’lum qiymatga ega boylik bor, shuning uchun ham u qimmatli qog‘oz deyiladi. Aksiya har xil qiymatli (qiymati yozib qo‘yilgan) qog‘oz shaklida chiqariladi. Masalan, 500 so‘mlik, 1000 so‘mlik, 5000 so‘mlik, 10000 so‘mlik aksiyalar bor. 
Aksiyalar: oddiy va imtiyozli bo‘ladi.
Oddiy aksiyalarda qat’iy foiz stavkalari bo‘lmaydi. Oddiy aksiyaga tegadigan dividend miqdori kafolatlanmaydi. Chunki emitentning foyda-zarariga qarab, u oz yoki ko‘p bo‘lishi, dividend shaklida aksiya egasiga tegishi yoki tegmasligi ham mumkin, lekin oddiy aksiya egasiga aksiyadorlik jamiyati umumiy yig‘ilishida ovoz be rish huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalarda daromad qat’iy o‘rnatilgan bo‘lib, dividend taqsimlanganda birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha daromad to‘lanadi. Imtiyozli aksiyaga beriladigan dividend oldindan qat’iy fo izlarda belgilanadi, uni olish kafolatlanadi, ammo bu aksiya aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqini ta’minlamaydi.
Xazina majburiyatlari. Qisqa muddatli xazina majburiyatlari
yoki xazina veksellari pul bozorining unsurlari hisoblanadi. Ular
investorlarni juda qiziqtiradi, chunki ular ishonchli, likvidli va
daromadlari kafolatlangan. Odatda, yangi chiqarilgan veksellar dastlab kimoshdi savdosi (auksion) da sotiladi. Bu yerda sotuvchi sifatida moliya muassasasining o‘zi, xaridor sifatida esa maxsus dilerlar, banklar va ishlab chiqarish tuzilmalari ishtirok etadi. Xazina maj buriyatlari 3 yoki 6 oyda qaytarish muddati bilan chiqariladi va ular bo‘yicha foiz diskont (hisobga olish)
shaklida to‘lanadi. Masalan, agar xazina biletining nominal qiymati 100 so‘m bo‘lsa, ochiq savdoda u 96 so‘mlik diskont narxida sotiladi. Ana shu farq uning daromadliligini belgilaydi. Qaytarish paytida veksel egasi nominal qiymatni, ya’ni 100 so‘mni oladi. O‘z qiymati bilan sotish narxi orasidagi farq veksel egasining daromadini tashkil qiladi. Bu daromad quyidagi formula
bo‘yicha hisoblanadi:

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin