[(100 – narx) : narx] ½ [365 ½ 100 : qaytarish muddati] Bunda agar qaytarish muddati 94 kun bo‘lsa (majburiyat 1 yilgacha), daromad quyidagini tashkil qiladi:
[(100 – 96) : 96] ½ [365 ½ 100 : 94] q 15,5% Odatda, xazina biletlari Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bankka (uning arizasiga ko‘ra), shuningdek, birlamchi tarqatuvchilarga (ular o‘z arizalarini Markaziy bankka beradilar) sotiladi. Tarqatuvchilar sifatida tijorat banklari va investitsiya dilerlari faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Tijorat banklari xazina biletlarini o‘z zaxirasi sifatida, investitsiya dilerlari esa ikkilamchi bozorda firmalar, korporatsiyalar va xususiy shaxslarga sotish uchun xarid qiladilar.
Veksellar sotib bo‘lingach, ular ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar
bozorida faol aylana boshlaydi. Xazina veksellari eng qisqa muddatli davlat qimmatli qog‘ozi bo‘lganligi uchun, odatda, ular bo‘yicha foizlar uzoq va o‘rta muddatli qog‘ozlarnikiga nisbatan past bo‘ladi. Xazina veksellari davlat uchun eng malol keladigan qarz majbu riyatlaridir. Bunga sabab shuki, qisqa muddat
mobaynida ularning egalari ko‘plab miqdordagi veksellarni qaytarishlari mumkin. Qarz majburiyatlarining ushbu turi bo‘yicha qarzdorlik davlat qarzining ko‘p qismini tashkil qiladi.O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun davlat qisqa muddatli obligatsiya lari (DQMO)ning chiqarila boshlanishi qanday ahamiyatga ega?
DQMOlarning paydo bo‘lishi bilan kapitallar bozorida eng
yuqori likvid, yuz foiz ishonchli moliya vositasi paydo bo‘ldi,
chunki davlat DQMO va uning barcha aktivlar bilan qoplanishi
bilan bog‘liq o‘z maj buriyatlari bo‘yicha javobgar. Hozirgi kun-
da O‘zbekistonda amal qilayotgan banklararo kredit va tijorat
banklarining korxonalarga kreditlari kabi moliyaviy operatsiyalari-
ga xos risk DQMO uchun minimumga keltiril gan. Bunda DQMO-
lar bo‘yicha daromadlilik Markaziy bankning qayta moliyalash
stavkasiga nisbatan kam emas. Buning ustiga investorlar uchun
bevosita foyda paydo bo‘ladi, chunki ularning DQMO bo‘yicha
daromadlari soliqqa tortilmaydi. Bundan oddiy fuqarolar ham
foyda ko‘radi, ya’ni bu obligatsiyalarni qaytarish muddatlari yangi
obligatsiyalarni chiqarish muddatlaridan ko‘p, chiqarish jarayoni
ham uzluksiz davom etadi. Natijada hukumat tijorat banklari va
boshqa investorlarning bo‘sh turgan mab lag‘larini jalb qilib, pul emissiyasini qo‘llamagan holda davlat budjetining joriy defitsitini doimo mablag‘ bilan ta’minlab turishi mumkin.
Bundan tashqari, DQMO yirik investorlar uchun mablag‘larini
qo‘yish indikatori hisoblanadi, chunki har qanday iqtisodiyotda
ular ning daromadlilik darajasi boshqa barcha moliyaviy vositalarning daromadlilik darajasini belgilaydi. O‘zbekistonda uch oylik zayom obligatsiyalari bo‘yicha birinchi savdolar 1996-yil 28-martda bo‘lib o‘tdi. Obligatsiyalar
kuponsiz, ular sotib olinganligi haqidagi qaydnoma DQMO
bo‘yicha bosh depozitariydagi elektron hisob raqamda (uning
vazifasini O‘zbekiston Respublika birjasi bajaradi), shuningdek, bank hisob raqamlarida – dilerlarda saqlanadi. Xazina biletlarining takomillashtirilgan turi jamg‘arma obligatsiya laridir. Ular obligatsiya egasi nomiga qayd qilinadi va ularni sotib bo‘lmaydi, shuning uchun ular «bozordan tashqari» deb
ataladi. Ularni faqat ayrim shaxslar va ba’zi investitsiya fondlari
cheklangan miqdorda sotib olishi mumkin. Ularning yozilgan qiymatini obligatsiya egasi istalgan paytda qaytarib olishi mumkin, bu esa ularni yuqori likvidligini ta’minlaydi. Jamg‘arma obligatsiyalari bir yilda bir marta chiqariladi. Uni ish haqidan ushlab qo lish yoki naqd pulga xarid qilish mumkin. Keltiradigan daromadi chek haklida pochta orqali yoki bankda to‘lanadi.
Depozit sertifikatlari – kredit muassasasi (masalan, bank) ning
omonatchining depozit olish huquqini tasdiqlovchi, pul mablag‘larini deponentga o‘tkazilganligini bildiruvchi yozma guvohnomasi.
Depozit sertifikatlarining ikki shakli mavjud:
1. Talab qilib olinadigan (sertifikat ko‘rsatilganda ma’lum summani olish huquqini beradigan);
2. Muddatli (omonat muddati va o‘sishi lozim bo‘lgan foiz miqdori ko‘rsatiladigan).
Depozit sertifikatlari muddatli bank hisob raqamlarining bir
turi hisoblanadi. Bunda oddiy jamg‘arma hisob raqamlardan farqli
ravishda daftarcha emas, sertifikat beriladi. Bunday omonatdan
mablag‘ni belgilangan muddat kelgunga qadar ham olish mum-
kin, lekin buning uchun muayyan foiz jarima to‘lanadi.
60-yillardan boshlab keng tarqalgan aylanadigan omonat serti-
fikati ommalashmoqda. U bank tomonidan chiqariladigan va mi-
joz muddatli omonatga ega ekanligini tasdiqlaydigan hujjat. Odatda, bunday sertifikatlar 30 kundan 6 oygacha muddatga chiqarila-
di. Nominal ustiga foiz qo‘shish o‘rniga ko‘pincha chegirma (dis-
kont) bilan sotish usulidan foydalaniladi. Shunday qilib, naqd pul
olish zaruriyati tug‘ilganda, mijoz muddat o‘tgunga qadar istalgan
payt da o‘z omonat summasidan kichik diskont bilan sertifikatni
sotishi mumkin. Mijozlar uchun likvidlik ancha ortadi, banklar
esa mablag‘larni keng jalb qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki, erkin sotish imkoniyati mavjudligi depozit
sertifikatlarini faqat daromadli qilibgina qolmasdan, balki yuqori
likvid vositaga ham aylantiradi. Agar ularni obro‘li yirik banklar
chiqargan bo‘lsa, muomala va to‘lov vositasi sifatida pulning
o‘rnini muvaffaqiyat bilan egallashi mumkin. Rivojlangan G‘arb
mamlakatlarida ularning keng tarqalganligi ham bejiz emas.