Ulushli qimmatli qog‘ozlar egasiga real mavjud mulkning
ulushiga egalik qilish huquqini tasdiqlaydi. Ularga aksiyalar kiradi. Aksiya egasiga aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividend shaklida olish hamda korxona mulkining bir qismiga egalik qilish huquqini beruvchi ulushli qimmatli qog‘oz turi. Shu bilan birga, qimmatli qog‘ozlar bozorida veksellar, jamg‘arma sertifikatlari, hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – fyucherslar va opsion bitimlar amal qiladi.
III. Amal qilish muddatiga ko‘ra: – muddatli -emissiya qilish vaqtida amal qilish muddati o‘rnatilgan qimmatli qog‘ozlar, ularning uchta turi mavjud:
– qisqa muddatli – 1 yilgacha muomalada bo‘lgan;
– o‘rta muddatli – 1 yildan 5-10 yilgacha muomalada bo‘lgan;
– uzoq muddatli – 20-30 yilgacha muomalada bo‘lgan.
– muddatsiz – bunday qimmatli qog‘ozlarning amal qilish
mud datlari belgilab qo‘yilmaydi, ular «umrbod» amal qiladi yoki
so‘n di rilguncha (qimmatli qog‘oz bo‘yicha qarzni qoplash, qaytarish) muo malada bo‘ladi, bunda emissiya vaqtida so‘ndirish sanasi ham belgilab qo‘yilmaydi.
IV. Kelib chiqishiga ko‘ra: – birlamchi qimmatli qog‘ozlar
– ularga aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar kiradi;
– ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar – birlamchi qimmatli qog‘ozlar asosida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar, ularga varrantlar, depozitar tilxatlar va boshqalar kiradi.
V. Ishlatish turiga ko‘ra: – investitsion (kapital) qimmatli qog‘ozlar – kapitalni qo‘yish obyekti bo‘la oladigan qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, fyuchers bitimlar va boshqalar);
– noinvestitsion qimmatli qog‘ozlar – tovar bozorlari va boshqa turdagi bozorlarda pullik hisob-kitoblarga xizmat qiluvchi qimmatli qog‘ozlar (veksellar, cheklar va boshqalar).
VI. Egalik qilish tartibiga ko‘ra: – taqdim etuvchiga, unda qimmatli qog‘oz egasining nomi qayd etilmaydi va muomalada bir shaxsdan boshqasiga o‘tib yuradi;
- nomi qayd etilgan qimmatli qog‘oz, unda egasining nomi
yozilgan va maxsus reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘ladi. Agar
bunday qimmatli qog‘oz boshqa shaxsga o‘tkazilsa va boshqa shaxs-
ga berilganligi to‘g‘risidagi maxsus yozuv (indossament) qo‘yilsa,
orderli qimmatli qog‘ozdeb yuritiladi.
VII. Emissiya qilish shakliga ko‘ra: – emission – odatda, yirik seriyalarda chiqariladi, har bir seriyaning ichida hamma qimmatli qog‘ozlar bir xil bo‘ladi (aksiyalar, obligatsiyalar);
– noemission – bittalab yoki uncha katta bo‘lmagan seriyada chi qariladi.
VIII. Qimmatli qog‘ozlarning asosiy qismi bozor qimmatli qog‘ozlari, ya’ni bozorda erkin sotiladigan va sotib olinadigan qog‘ozlardir. Ammo ayrim hollarda qimmatli qog‘ozning muomalada bo‘lishi cheklangan bo‘ladi, ya’ni uni emitentdan boshqa hech kimga sotish mumkin bo‘lmaydi. Bunday qimmatli
qog‘ozlarga nobozor qimmatli qog‘ozlar deyiladi.
IX. Daromad keltirishiga ko‘ra: – daromadli, egasiga ma’lum miqdordagi daromad keltiradi;
– daromadsiz, qimmatli qog‘ozni chiqarish chog‘ida egasiga keltiradigan daromad miqdori qayd etilmaydi.
X. Risk darajasiga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar quyidagi tamoyilga ko‘ra guruhlanadi:
– daromadlilik qancha yuqori bo‘lsa, risk ham shuncha yuqori;
– qimmatli qog‘ozning kafolatlanish darajasi qancha yuqori
bo‘lsa, risk ham shuncha past bo‘ladi.
Normal darajada faoliyat qiluvchi qimmatli qog‘ozlar bozori ikkita asosiy bozorlardan tarkib topadi:
– korporativ qimmatli qog‘ozlar bozori, unda asosan korxonalar va banklarning qimmatli qog‘ozlari oldi-sotdisi sodir bo‘ladi.
Korporativ qimmatli qog‘ozlarning emitentlari – aksiyadorlik jamiyatlari, turli tashkiliy huquqiy mulk shakllaridagi korxona va tashkilotlar, banklar, investitsion kompaniyalar, fondlar. Korporativ qimmatli qog‘ozlarga veksel, aksiya, obligatsiyalar kiradi;
– davlat qimmatli qog‘ozlar bozori, unda zayom obligatsiyalari,
qisqa muddatli xazina majburiyatlari oldi-sotdi qilinadi. Davlat qimmatli qog‘ozlarining emitenti davlatdir (Moliya vazirligi, Markaziy bank yoki boshqa davlat ijroiya organi timsolida).
Qimmatli qog‘ozlar birlamchi va ikkilamchi bozorining subyektlari quyidagilar:
–emitentlar;
– jamg‘aruvchilar – yakka tartibdagi omonatchilar;
– institutsional investorlar (pensiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari);
– brokerlik, dilerlik, maklerlik firmalari.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida fond birjalari muhim o‘rin egallaydi. Ularning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
– qimmatli qog‘ozlarning faol oldi-sotdi operatsiyalarini bajarish;
– emitentlarga kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni o‘tkazish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar berish;
– ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishiga imkon beradigan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash;
– jamg‘aruvchilarga jamg‘arilgan pul mablag‘larini eng foydali, samarali joylashtirishga yordam berish.
Rasmiy moliya bozorlari bilan birga, shuningdek, norasmiy moliya bozorlari ham faoliyat ko‘rsatadi. Ularning paydo bo‘lishiga
sabab nima?
Moliya tizimi yetarlicha rivojlanmagan mamlakatlarda yoki
inflatsiya kuzatilayotgan, yohud to‘lov balansining muvozanati
jiddiy buzilgan davlatlarda moliyaviy operatsiyalarning ko‘p qis-
mi aynan norasmiy bozorlar orqali yuz berishi mumkin. Noras-
miy bozorlar har xil shaklda bo‘lishi mumkin: qishloq joylarda
ssudalar berish amaliyotidan boshlab, rasmiy tashkil qilinganlari
bilan yonma-yon faoliyat ko‘rsatadigan yirik ko‘lamdagi sha-
harlardagi birjadan tashqari bozorlargacha. Norasmiy bozorlar-
da ko‘pincha xorijiy valuta oldi-sotdi operatsiyalari obyekti hi-
sob lanadi. Bunday bozorlar ning mavjudligi, masalan, pul-kredit
soha sidagi, to‘lov balansi, soliqqa tortish, me’yoriy-huquqiy baza
va bosh qalar bo‘yicha masalalarning hal qilinishi bilan bog‘liq.