Moliya va soliqlar


Davlat xarajatlarining tashkiliy tuzilishi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə53/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   214
Moliya va soliqlar

4. Davlat xarajatlarining tashkiliy tuzilishi
Davlat xarajatlarni o‘zaro chambarchas bog‘langan konkret turlarini majmui davlat xarajatlarining tizimini ifodalaydi.
Bu tizim, davlat orqali belgilangan ma’lum tamoyillar asosida tashkil etiladi. Ulardan asosiylari quyidagilar:
berilgan mablag‘larni ko‘zda tutilgan maqsadlarga yo‘naltirish va ishlatish (iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalaridagi qat’iy belgilangan chora-tadbirlarga davlat mablag‘larini yo‘naltirish). Bu bilan hududiy va xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarini rivojlanishida tasdiqlangan mutanosiblikni saqlanishi bilan amalga oshiriladi va birinchi navbatda ilmiy-texnik taraqqiyotini aniqlaydigan va asosiy ijtimoiy muammolarni xal qiluvchi istiqbolli tarmoqlarni rivojlanishiga mablag‘lar ajratish;
davlat resurslarini qaytmasligi – bu korxonalar va tashkilotlarni ta’minoti uchun davlat budjetidan ajratilgan pul mablag‘larini qaytarishga zaruriyat yo‘qligi. Kredit usulida moliyalashtirishni farqligi – bu kredit oluvchi kreditga bergan mablag‘larga belgilangan vaqtda va ulardan foydalanganligi uchun tasdiqlangan foizlar bilan korxona o‘z foydasidan davlatga qaytarishi zarur;
iqtisod tartibiga rioya qilish – budjet, kredit va o‘z mablag‘lari hisobidan davlat xarajatlarini moliyalashtirishda optimal birlikni saqlash. By rejalarni bajarish me’yorida davlat xarajatlarini moliyalashtirish faqat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilganda hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tartibi asosida moliyaviy resurslar ajratilishi ko‘zda tutiladi.
Davlat xarajatlarining ayrim turlari iqtisodiy mazmuni va ahamiyati bo‘yicha har xil. Bu har xillik xarajatlarni moliyalashtirishning usullari, shakllari va manbalarida ifodalanadi.
Davlat xarajatlari iqtisodiy natijalar jihatidan uch asosiy guruhlarga bo‘linadi:
1. Ishlab chiqarish xarajatlari – bu davlatning mulki, boyligini ko‘paytiradi yoki xususiy xo‘jaliklarni iqtisodiy asoslarini mustahkamlaydigan xarajatlardir yoki boshqacha qilib aytganda davlatni xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va milliy daromadni yaratilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish cohasiga tegishli xarajatlardir. Davlat xarajatlarini jamg‘arish fondi bilan iste’mol fondi orasidagi optimal taqsimlanishi davlatning iqtisodiy siyosatining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
2. Davlat xarajatlarining ikkinchi guruhi milliy daromadni iste’mol qilinishi bilan bog‘lanib, jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltiriladi. Noishlab chiqarish sohasiga qilinadigan xarajatlar yuqoridagi natijalardan birortasini ham bermaydi, lekin ular befoyda emas. Odob-ahloq chegaralaridagi manfaatlarning borligi ertami-kechmi xo‘jalik manfaatlarini yuzaga keltiradi. Noishlab chiqarish sohasiga sarflanayotgan davlat budjetining mablag‘lari, avvalo, aholini ijtimoiy himoyaga olish va madaniy chora-tadbirlarga yo‘naltirilgan, ulardan ta’lim, madaniyat, tibbiyot xizmatlariga, jismoniy tarbiya va sport va boshqalar. Bularga tabiatni muhofaza qilish va ekologik sharoitni yaxshilash ham kiradi. Undan tashqari davlat xarajatlari mamlakatni mudofaa kuchini mustahkamlashga va boshqaruvga yo‘naltiriladi.
3. Davlat rezervlarini tashkil etish uchun ketadigan xarajatlar uchinchi guruhni tashkil etadi. Bu xarajatlar xoh ishlab chiqarish, xoh noishlab chiqarish sohalarida favqulodda zaruriyat tug‘ilganda uni bartaraf qilish uchun va muammoni xal qilish uchun yo‘naltiriladi. Davlat xarajatlarining uchta guruhi uzviy ravishda o‘zaro bog‘langan. Iqtisodiy mazmuni bo‘yicha davlat xarajatlarini turkumlash muhim ahamiyatga ega, chunki milliy daromadni taqsimlash quroli sifatida ijtimoiy takror ishlab chiqarishni moliyalashtirishda xarajatlarning ahamiyatini aniqlashga imkon yaratadi. Davlat xarajatlari turli shakllarda moliyalashtiriladi, ulardan asosiylari:
 o‘zini-o‘zi moliyalashtirish (davlat korxonalari xarajatlarini o‘z moliyaviy resurslari evaziga moliyalashtirishi);
 budjet orqali moliyalashtirish (umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirilishini ta’minlash);
 kredit orqali moliyalashtirishni ta’minlanishi (bir tomondan davlat korxonalari o‘z joriy va investitsion xarajatlarini qoplash uchun olingan bank ssudalarini ishlatsa, ikkinchi tomondan esa davlatni turli darajadagi boshqaruv organlari davlat krediti shaklida moliyaviy bozordan pul mablag‘larini jalb qiladi).
Davlat xarajatlarining moliyaviy ta’minotini yuqorida ko‘rsatilgan shakllari orasidagi oqilona nisbati iqtisodiy manfaatini to‘g‘ri balansini topishiga imkon yaratadi va har bir shaklni qo‘llashdan yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin