O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasining tuzilishi. Respublikamizda davlat budjetining tuzilishi ikki bo‘g‘inlidir – bu Respublika budjeti va mahalliy budjetlar yig‘indisi.
Respublika budjetidan asosan jamiyat ahamiyatiga molik bo‘lgan chora-tadbirlar moliyalashtiriladi, jumladan, markazlashtirilgan investitsiyalar, mudofaa xarajatlari, boshqaruv xarajatlari.
Respublika budjetidan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy – ijtimoiy masalalar ijobiy hal qilinishiga qaratilgan.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan budjet munosabatlari ichida mahalliy budjetlarga e’tibor kuchaymoqda. Keyingi paytlarda mahalliy hokimiyatga mustaqillik berilishi munosabati bilan bular tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Mahalliy budjetlardan asosan mahalliy ahamiyatga molik bo‘lgan chora-tadbirlar moliyalashtiriladi. Jumladan, hududiy infratuzilmani tashkil qilishda, mehnat resurslarining qayta tiklash, aholining mehnat farovonligini oshirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tadbirlar va haqozolar.
Davlat moliyasi sohasining tarkibiy qismidan biri bu budjetdan tashqari fondlardir. Har bir darajadagi budjetdan tashqari fondning asosiy maqsadi – bu ayrim maqsadli chora-tadbirlarni maxsus ajratmalar va boshqa manbalari evaziga moliyalashtirishdir. Budjetdan tashqari fondlar funksional maqsadlarini vazifalari kabi boshqarish darajasida ham xilma-xildir. Funksional maqsadlari bo‘yicha ularni iqtisodiy yoki ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan fondlarga ajratish mumkin. Boshqarish darajasi bo‘yicha esa, budjetdan tashqari fondlarni davlat va mahalliy ahamiyati bo‘yicha ajratish mumkin.
Budjetdan tashqari fondlarni zotan respublika va mahalliy hokimiyat organlari boshqarsada, lekin bular o‘ziga xos moliyaviy siyosatga va mustaqillikka egadirlar. Budjetdan tashqari fondlarning xususiyatli tomoni shundaki, ular oldindan ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi va faqat shu yo‘nalishlarda foydalaniladi.
Budjetdan tashqari fondlar tarkibiga:
davlat Pensiya fondi,
davlat aholini bandligiga ko‘maklashish fondi,
davlat yo‘l fondi va bir nechta umumjamoa ahamiyatga ega bo‘lgan "Iste’dod", "Amir Temur", "Navro‘z" va boshqa fondlar kiradi.
Davlat moliyasining xarakterli bo‘lagidan biri bu davlat kreditidir. Davlat kreditining mazmuni shundaki, bu davlat o‘z xarajatlarini moliyalashtirish uchun aholining, xo‘jalik subyektlarining ortiqcha moliyaviy resurslarini vaqtincha foydalanishidir. Demak, bu yerda davlat qarz bermasdan, balki qarz olishidir. Davlat kreditidan foydalanish uchun hukumat moliyaviy bozorga jismoniy va yuridik shaxslarga mo‘ljallangan zayomlar, qisqa muddatli obligatsiyalar, g‘aznachilik majburiyatlari va boshqa turdagi davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqaradilar. Mamlakat hayotida davlat krediti iqtisodiyotni barqarorlashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Muomaladan pul oqimini sustlashishini oldini olishga xizmat qiladigan davlat krediti pul muomalasidagi aylanishini tezlashtiradi. Davlat moliyasi tarkibida respublika va mahalliy darajada tashkil etilayotgan budjetni o‘zaro bog‘liqliklari muhim ahamiyatga ega.
Budjet munosabatlari yordamida davlat tuzimlari ixtiyorida moliyaviy usullari bilan qayta taqsimlanayotgan milliy daromadni asosiy qismi yig‘iladi. Turli darajadagi budjetlar – respublika, mahalliy har biri o‘ziga tegishli ravishda respublika va mahalliy hukumat boshqaruv organlarining faoliyatini moliyaviy bazasidir. Bozor islohotlari sharoitida bu budjetlar o‘zaro bog‘langan. Budjet daromadlar va xarajatlar tarkibidagi har bir darajasini belgilanishi respublika va mahalliy davlat hukumat boshqaruv organlarining orasidagi funksiyalarini bir-biridan chegaralanishiga bog‘liq. Davlat umumiy funksiyalarini amalga oshirish uchun respublika budjetini tashkil etadi. Respublika budjeti butun respublika miqyosida iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni to‘g‘ri hal etishda muhim ahamiyatga ega. Uning resurslarini maqsadi makroiqtisodiy darajada o‘z funksiyalarini bajarish uchun bog‘liq bo‘lgan davlat xarajatlarini moliyalashtirishdir hamda uni yordamida iqtisodiyotni barqarorlash, ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan umumdavlat chora-tadbirlarini amalga oshirilishi ta’minlanadi. Budjet munosabatlari tizimida mahalliy budjetlarga muhim ahamiyat berilmoqda. Ular, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda, hududiy infratuzilmani tashkil etishda, mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish uchun moliyalashtirishda va boshqalarda ta’sirini ko‘rsatib, borgan sari ko‘proq ishlatilmoqda. Ijtimoiy rejalarni amalga oshirishda va o‘sib borayotgan ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda ham mahalliy budjetlar muhim ahamiyatga ega.
Umumdavlat moliyasi korxona moliyasi bilan uzviy ravishda bog‘langan. Bir tomondan moddiy ishlab chiqarish natijasida vujudga kelayotgan milliy daromad budjet daromadlarining asosiy manbaidir. Ikkinchi tomondan, keng takror ishlab chiqarish tashkil topilishida faqat korxonalarni o‘z mablag‘laridan emas, balki umumdavlat pul mablag‘larining fondlari, budjetdan ajratmalar shaklida va bank kreditlaridan foydalanib amalga oshiriladi.
O‘z mablag‘lari yetishmaganda, korxona boshqa korxonalarning mablag‘lari bilan aksionerlik asosida hamda qimmatli qog‘ozlar (zayom mablag‘lari) bilan operatsiyalar bazasida foydalanishi mumkin.