Moliya va soliqlar


Tijorat tashkilotlari va korxonalari moliyasini tashkil etish tamoyillari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə46/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   214
Moliya va soliqlar

4. Tijorat tashkilotlari va korxonalari moliyasini tashkil etish tamoyillari
Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyaviy munosabatlari xo‘jalik faoliyatining asoslari bu’lgan quyidagi tamoyillar bo‘yicha vujudga keladi:
xo‘jalik mustaqilligi,
o‘zini-o‘zi moliyalashtirish,
moddiy manfaatdorlik,
moddiy javobgarlik,
moliyaviy zahiralar
Xo‘jalik mustaqilligi tamoyili moliya sohasidagi mustaqilliksiz amalga oshirilishi mumkin emas. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, iqtisodiy faoliyat sohasini, moliyalashtirish manbalarini, foyda olish maqsadida pul mablag‘larini joylashtirish yo‘nalishlarini mustaqil belgilaydilar. Bozor tijorat tashkilotlari va korxonalarini kapital qo‘yishning yangi sohalarini qidirib topishni, iste’mol ehtiyojiga mos keluvchi egiluvchan ishlab chiqarishni yaratishni rag‘batlantiradi.
Tijorat tashkilotlari va korxonalari qo‘shimcha foyda olish maqsadida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav kapitalini shakllanishida ishtirok etib, ularning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish shaklidagi qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalar xarakteridagi investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Biroq, to‘la xo‘jalik mustaqilligi to‘g‘risida gapirish mumkin emas, chunki davlat ular faoliyatining ma’lum tomonlarini tartibga solib turadi. Demak, tijorat tashkilotlari va korxonalarini turli darajadagi budjetlar bilan o‘zaro aloqalari qonunchilik bilan o‘rnatiladi. Mulkchilikning barcha shaklidagi tijorat tashkilotlari va korxonalari qonunchilik tartibida o‘rnatilgan stavkalarga mos tarzda tegishli soliqlarni to‘laydilar, budjetdan tashqari fondlarni shakllanishida ishtirok etadilar. Davlat amortizatsiya siyosatini ham belgilab beradi.
2.O‘zini-o‘zi moliyalashtirish tamoyili. Bu tamoyilning amalga oshirilishi – xo‘jalik yurituvchi subyektning raqobatbardoshligini ta’minlovchi tadbirkorlik faoliyatini asosiy shartlaridan biri. O‘zini-o‘zi moliyalashtirish mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish xarajatlarini to‘laligicha o‘zi qoplashi, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun investitsiyalarni o‘ziningi pul mablag‘lari va zarurat bo‘lganda bank va tijorat kreditlari hisobiga amalga oshirilishi tushuniladi. Rivojlangan bozor munosabatlariga ega davlatlarning o‘zini-o‘zi moliyalashtirish darajasi yuqori bo‘lgan korxonalarining xususiy kapitali 70% va undan ko‘pni tashkil qiladi.
Tijorat tashkilotlari va korxonalarini moliyalashtirishning asosiy o‘z manbalariga quyidagilar kiradi: amortizatsiya (eskirish) ajratmalari, foyda, ta’mirlash fondlariga ajratmalar.
Hozirgi kunda barcha tijorat tashkilotlari va korxonalari bu tamoyilga rioya qilish imkoniga ega emaslar. Qator soha korxona va tashkilotlari, iste’molchi uchun zarur bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan, obyektiv sabablarga ko‘ra ularning rentabelligini ta’minlay olmaydilar. Ularga shahar yo‘lovchi transporti, uy-joy-kommunal xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligining alohida korxonalari kiradi. Bunday korxonalar imkoniyat darajasida qaytarish va qaytarmaslik asosidagi budjetdan qo‘shimcha moliyalashtirish ko‘rinishidagi davlat yordamini oladilar.
Moddiy manfaatdorlik tamoyili. Bu tmoyilnnig obyektiv zarurligi tadbirkorlik faoliyatining asosiy maqsadi – foyda olish bilan asoslanadi. Tadbirkorlik faoliyatining natijalaridan manfaatdorlik nafaqat uning ishtirokchilarida, balki to‘laligicha davlatda ham namoyon bo‘ladi. Bu tamoyilning amalga oshirilishi korxonaning alohida xodimlariga yuqori darajada mehnatga haq to‘lash bilan ta’minlanishi mumkin. Korxona uchun bu tamoyil davlat tomonidan optimal soliq siyosatini, iqtisodiy asoslangan amortizatsiya siyosatini olib borilishi, ishlab chiqarishni rivojlanishi uchun iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratilishi natijasida amalga oshishi mumkin. Korxonaning o‘zi bu tamoyilning amalga oshishiga yangitdan yaratilgan qiymatni taqsimlashda, iste’mol fondi va jamg‘arma fondini shakllantirilishida iqtisodiy asoslangan mutanosibliklarga rioya qilish bilan yordam berishi mumkin. Davlatning manfaatlari korxonalarning rentabelli faoliyati bilan, ishlab chiqarishning o‘sishi va soliq intizomiga rioya qilinishi bilan ta’minlanishi mumkin.
Moddiy javobgarlik tamoyili moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish va uning natijalari uchun ma’lum javobgarliklar tizimining mavjudligini bildiradi. Bu tamoyilni amalga oshirishning moliyaviy usullari turli xildir va qonunchilik bilan tartibga solinadi. Shartnomaviy majburiyatlarni, hisob-kitob intizomini, olingan kreditlarni qaytarish muddatlarini, soliq qonunchiligi va shu kabilarni buzgan korxonalar penya va jarimalar to‘laydilar. Rentabelli bo‘lmagan, o‘zining majburiyatlari bo‘yicha javob bera olmaydigan korxonalarga bankrotlik tadbirlari qo‘llanilishi mumkin.
Korxonalarning rahbarlari soliq qonunchiligini buzilishi yuzasidan ma’muriy javobgarlikka egadirlar. Korxonalar va tashkilotlarning alohida xodimlariga brakka yo‘l qo‘yganligi uchun jarimalar tizimi, mukofotlardan mahrum qilish, mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo‘shatish choralari qo‘llaniladi.
Moliyaviy zahiralar bilan ta’minlash tamoyili biznesga qo‘yilgan mablag‘larni qaytmaslik havfini mavjudligi bilan asoslanuvchi tadbirkorlik faoliyatining shartlari bilan xarakterlanadi. Bozor munosabatlari sharoitida tavakkalchilikning oqibatlari tadbirkorning o‘ziga yuklanadi, chunki u o‘zi ishlab chiqqan dasturini o‘zining tavakkalchiligi asosida ixtiyoriy va mustaqil amalga oshiradi. Bundan tashqari, xaridorlar uchun iqtisodiy kurashda tadbirkorlar o‘zining mahsulotlarini pullarini o‘z vaqtida qaytmaslik tavakkalchili bilan ham sotishga majbur bo‘ladilar. Korxonalarning moliyaviy qo‘yilmalari ham qo‘yilgan mablag‘larni o‘z vaqtida qaytmaslik yoki ko‘zlangandan oz daromad olish tavakkalchiligi bilan ham bog‘liqdir. Va nihoyat, ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqishda bevosita iqtisodiy hatoliklarga ham yo‘l qo‘yilishi mumkin. Mazkur tamoyilning amalga oshishi xo‘jalik yuritishning noqulay davrlarida korxonaning moliyaviy holatini mustahkamlash imkoni beruvchi moliyaviy zahiralarni va turdagi fondlarni shakllantirish hisoblanadi. Barcha tashkiliy-huquqiy shakllardagi korxonalar tomonidan moliyaviy zahiralar budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng qoladigan sof foydadan shakllantiriladi. Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy zahiralarni qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda shakllantiradilar. Amaliyotda, past moliyaviy imkoniyatlari sababli, ularning moliyaviy barqarorligi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy zahiralarni shakllantirmaydilar.
Korxonalar moliyasini tashkil qilishining barcha tamoyillari doimiy rivojlanishda bo‘ladi va har qaysi iqtisodiy vaziyatlarda ularning amalga oshirilishi uchun jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlarining va ishlab chiqarish munosabatlarining holatiga mos keluvchi shakllari va usullari qo‘llaniladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin