Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə63/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   214
Moliya va soliqlar

Budjet ssudasi - yuqori budjetdan quyi budjetga yoxud respublika budjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘. Budjet subvensiyasi - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari. Budjet transferti - budjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari.

Nazorat savollari.


1. Davlat budjetining mohiyati nimadan iborat?
2. Davlat budjetini ijtimoiy ahamiyatini tushuntiring.
3. Davlat budjetiga yetakchi olimlar tomonidan qanday ta’riflar berilgan?
4. Qanday munosabatlar budjet munosabatlari deyiladi va ular qanday xususiyatlarga ega?
5. Davlat budjeti qanday funksiyalarni bajaradi?
6. Davlat budjetini taqsimlash funksiyasining xarakterli xususiyatlarini sanab bering.
7. Davlat budjetini nazorat funksiyasining xarakterli xususiyatlarini sanab bering.
8. Davlat budjetining adromadlari nimalardan tashkil topadi?
9. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning qanday manbalari mavjud?
10.Budjet daromadlarini shakllantirish jarayoni qanday tamoyillarga tayanadi?
11.Davlat budjetining daromadlari qanday mezonlar asosida turkumlanadi?
12.Davlat budjeti daromadlarining manbalarini tushuntiring.
13.Davlat budjetining soliqli daromadlari deganda qanday daromadlar guruhi tushuniladi?
14.Davlat budjetining soliqsiz daromadlari deganda qanday daromadlar guruhi tushuniladi?
15.Soliqsiz daromadlar qanday turkumlanadi?
16.Budjet xarajatlarining ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini tushuntiring.
17.Davlat budjeti xarajatlarini qanday mezonlar bo‘yicha turkumlash mumkin?
18.Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
19.Davlat budjeti xarajatlari takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
20.Davlat budjetidan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qilinadigan xarajatlarini izohlang.
21.Davlat budjetidan milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) qilinadigan xarajatlarini izohlang.
22.Budjetdan moliyalashtirish qanday tamoyillarga asoslanadi?
23.Respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qaysi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi?
24.Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qaysi maqsadlarga mo‘ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi?
25.Budjetdan moliyalashtirish shakllarini tushuntiring.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin