Moliya va soliqlar


Soliqlarning turkumlanishi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə75/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   214
Moliya va soliqlar

2.Soliqlarning turkumlanishi Soliqlarni turkumlash – soliqlarni muayyan xarakterli belgilari, ya’ni undirish usullari, qo‘llaniladigan stavkalar turi, soliqlar imtiyozlari va hokazolar bo‘yicha guruhlashdir. Soliqlarni turlari bo‘yicha turkumlashga bir necha belgilar asos qilib olingan. Xalqaro amaliyotda ikkita asosiy tasnif guruhlari qabul qilingan bevosita va bilvosita soliqlar. Ushbu guruhlar soliq solish obyektiga va to‘lovchi bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning turkumlanishining tasviri quyidagi 22-rasmda aks ettirilgan. Bevosita soliqlar bevosita daromad va mol-mulk belgilanadi (soliqqa tortishning bevosita shakli), ya’ni bevosita soliqlarni o‘zil-kesil to‘lovchisi daromad oluvchi (mol-mulkka egalik qiluvchi va h.k.) xo‘jalik subyekti hisoblanadi. Soliq to‘lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va boshqalar) va mol-mulki (erlar, uylar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar) qiymati bevosita soliqlar obyektidir. Bevosita soliqlar o‘z navbatida, real va shaxsiy bevosita soliqlarga bo‘linishi mumkin. Bevosita real soliqlar deganda shunday soliqlar tushiniladiki, ular mol-mulk yoki daromadlarning turli xillariga solinadi hamda obyektning haqiqatda keltiradigan daromadini hisobga olmasdan, uni taxminiy baholash asosida undiriladi. Hozirgi vaqtda real soliqlarning roli katta emas.
O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning turkumlanishi soliqlarga, masalan, yer solig‘i, hunarmandchilik solig‘i, pul sarmoyalari (qimmatli qog‘ozlar) daromadlariga solinadigan soliqlar kiradi. Bevosita real soliqlar o‘rnini borgan sari bevosita shaxsiy soliqlar egallab bormoqda, ular ham jismoniy, ham yuridik shaxslarning hisobga olingan daromadlariga solinadi. Bevosita shaxsiy soliqlar deklaratsiya bo‘yicha undiriladi. Asosan ular uchun progressiv stavkalar xosdir. Bevosita shaxsiy soliqlarga daromad solig‘i, korxonalar foydasidan olinadigan soliq va hokazolar kiradi. Daromad solig‘i va korxonalar foydasidan olinadigan soliq davlat budjetiga tushumlarning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Korxonalarda shaxsiy daromad solig‘i alohida siylov (chegirma) va imtiyozlarni chegirgan holda undiriladi. Ko‘p mamlakatlarda shaxsiy daromad solig‘i stavkalari 15% dan 40 % ga qadar doirada o‘zgaradi.
Soliq tizimi iqtisodiy mohiyatiga ko’ra bevosita soliqlar va bilvosita soliqlarga bo’linadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin