Moliya va soliqlar


Soliq solishning arzonlashtirish tamoyili



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə83/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   214
Moliya va soliqlar

Soliq solishning arzonlashtirish tamoyili. Ushbu tamoyil davlat va soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarni yig‘ish uchun ketadigan xarajatlarni mumkin qadar kamaytirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun respublikamizda soliq solish tartibini takomillashtirish bilan bir qatorda soliqlarni maqbullashtirish, kompyuter texnologiyalari, soliq axborotlarining to‘g‘riligini bevosita nazorat qilish usullarini qo‘llash orqali soliq to‘lovchilarning xarajatlarini kamaytirish maqsadida davlat hisobidan saqlanadigan servis-markazlar, soliq solish masalalari xususida soliq organlari tomonidan bepul maslahatxonalar tashkil etilgan.
Soliq solishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyili. Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi xuddi shunday soliqlarning stavkalari bilan qiyoslanishi, ya’ni mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bo‘lgan xo‘jalik faoliyati shart-sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qo‘yilgudek bo‘lsa, bu hol respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha, yengil sharoit yaratilsa, mamlakat budjetiga salbiy ta’sir qiladi.
Soliq solish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni hayotga to‘liq tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.
Soliq kodeksining 7-13 moddalarida soliq solish prinsiplari qayd etilgan bo’lib, soliq solish prinsiplari -Soliq solish majburiylik, aniqlik va soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi, adolatlilik, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va unda nazarda tutilgan yig‘imlarni to‘lashi shart bo’lib, majburiylik prinsipini ifodalaydi. Hech kimga soliqlar va yig‘imlarning barcha alomatlariga ega bo‘lgan, biroq ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.
Soliq solishning aniqligi va soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi prinsipi - Soliqlarni va yig‘imlarni belgilovchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilarni hamda ushbu soliqlarning va yig‘imlarning boshqa barcha elementlarini, shu jumladan ularni to‘lash muddatlari va tartibini aniqlab berishi kerak. Soliq organlari soliq munosabatlari doirasida soliq to‘lovchilar bilan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini to‘g‘ri bajarish maqsadida hamkorlik qilishi shart. Bunda soliq organlari soliq to‘lovchilarning qonuniy faoliyatiga asossiz to‘siqlar yaratishga haqli emas, soliq to‘lovchilar esa soliq organlari o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratishi kerak.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin