Moliya va soliqlar


Soliq solishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyili



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə80/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   214
Moliya va soliqlar

Soliq solishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyili. Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi xuddi shunday soliqlarning stavkalari bilan qiyoslanishi, ya’ni mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bo‘lgan xo‘jalik faoliyati shart-sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qo‘yilgudek bo‘lsa, bu hol respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha, yengil sharoit yaratilsa, mamlakat budjetiga salbiy ta’sir qiladi.
Soliq solish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni hayotga to‘liq tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida keltirilgan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari prinsiplari quyidagilardan iborat:
Soliq solish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliq solish, uni undirish amaliyotining mazmunini ochib beradi2. Soliq solish tamoyillarini A. Smit o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor asoslab bergan va unda:

  • davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o‘zlari hukumat muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq qatnashishlari lozim.

  • har bir odam to‘laydigan soliq aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak, bunda o‘zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to‘lanadigan vaqti va tartibi uni to‘lovchiga ham, boshqalarga ham birday aniq va ma’lum bo‘lishi zarur.

  • har bir soliq to‘lovchiga har jihatdan qulay bo‘lgan vaqtda va tartibda undirilishi kerak.

  • har bir soliq shunday tarzda o‘rnatilishi kerakki, bunda soliq to‘lovchining hamyonidan ketadigan pul davlat budjetiga kelib tushadigan mablag‘ga nisbatan ortiq bo‘lishiga mumkin qadar yo‘l qo‘yilmasin, deb ta’kidlab o‘tilgan.

Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliq solish tizimining quyidagi tamoyillarini keltirib o‘tish mumkin:

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin