Moliya tizimi
Moliya tizimi deganda jamiyatdagi moliya munosabatlari yig`indisi, ularni ifodalovchi moliya mexanizmlari, vositalari hamda moliya siyosatini tushunish kerak.
Mikroiqtisod va makroiqtisod mavjud bo`lganidek moliya tizimida ham mikromoliya va makromoliya mavjuddir. Mikromoliya birlamchi bo`lib, u korxona, firma, jamoa, oila moliyalarini bildiradi. Buning asosida ichki va tashqi moliyaviy, pul bilan bog`langan munosabat aloqalari yotadi. Bunda o`zlari pul topib, o`zlari taqsimlab, o`zlari ishlatadilar.
Mikromoliyadagi ichki aloqalar shu jumladan ichidagi pul taqsimoti va uni ishlatish jarayonini o`z ichiga olsa, tashqi aloqalar pul sarmoyalari bilan aloqador boshqa korxona, firmalar, birjalar, banklar va davlat moliya idoralari bilan bo`lgan munosabatlarni o`z ichiga oladi. Mikromoliyada xo`jaliklar o`z moliyalarini shakllantiradilar va tashqi moliyaviy majburiyatlarini bajaradilar. Bunday moliya amortizatsiya ajratmasi, iqtisodiy faoliyatdan olingan foyda, korxona sotib olingan bo`lsa, o`z ishchi va xizmatchilaridan tushadigan pul, shuningdek, firma sotgan aktsiya va obligatsiyalardan tushumlar, qarzga olingan pul mablag`lari, davlat subsidiyasi kabilardan tarkib topadi.
Korxona, firma moliyasi albatta, o`z faoliyatlari natijasi bo`lib, avvalo u foyda darajasi va miqdoriga bog`liqdir. Ko`rinib turibdiki, bu xo`jaliklarning iqtisodiy samaradorligining asosidir. Chunki, korxonaning yaxshi ish natijalari o`z hissasining ortib borishi, o`zi ishlab topgan sarmoyalar hisobiga pul resurslarini ko`paytirib o`z ishini o`zi moliyalashtirish darajasida bo`lishi mustaqil ish olib borish, tez rivojlanish imkonini tug`diradi. Moliyaviy qaramlik har bir firma uchun doimo qiyinchilik tug`diradi. Mikromoliyadagi tashqi majburiyatlarni olsak, bular soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar, sug`urta pulini to`lash, qarz-kredit hajmiga qarab qarz qismi hamda foizini to`lash kabilarni o`z ichiga oladi. Moliyalashtirishda korxonani rivojlantirish hamda asosiy kapital qismini yangilab borish aylanma kapitaliga qo`shilish bilan bog`liq xarajatlar amalga oshiriladi. Firmani kuchaytirish maqsadida imkoni boricha boshqa firma aktsiyalari va obligatsiyalarini sotib olish, o`z ishchi va xizmatchilarini rag`batlantirish uchun, sarmoyalarni ko`paytirish uchun harakat qilinadi.
Mikromoliyada aktsiya va obligatsiyalarning ta`siri katta bo`lishi mumkin. Aktsiya qimmatbaho qog`oz bo`lib, u korxona kapitalida ishtiroklilikni bildiruvchi hujjatdir. Aktsiya daromad keltiradi. Bu dividend deyiladi. Obligatsiya esa qarzdorlikni bildiruvchi qimmatbaho qog`oz bo`lib, bu ham foiz turida daromad keltiradi.
Keyingi vaqtlarda hissadorlik jamiyatlari ko`payib, aktsiyalarning korxonalar iqtisodiy faoliyatiga ta`siri ortib bormoqda. Aktsiyalar oddiy va imtiyozli bo`ladi. Oddiy aktsiyada dividend foyda darajasiga qarab turli bo`ladi va aktsioner ovoz berish xuquqiga ega bo`ladi. Imtiyozli aktsiyada esa daromad oddindan belgilanib, kafolatlanadi, lekin aktsioner ovoz berish huquqiga ega emas.
Imtiyozli aktsiyalar xaridorgir bo`lib, bozorda uning xaridorlari ko`p, bahosi esa oldi-sotdida belgilanadi. Aktsiyalarning bozor bahosi ularning sotish kursini yuzaga keltiradi. Bozor kursi kotirovka deyilib, u fond birjasida amalga oshiriladi. Aktsiya kursi iqtisodiy, siyosiy va ruhiyat omillariga ega.
Makromoliya asosan davlat moliyasidan iborat. Lekin bunga mavjud ijgimoiy fondlar ham kiradi. Davlat moliyasi uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faoliyatini ta`minlash uchun xizmat qiladi. Bu milliy boylik va milliy daromadning bir qismi. Lekin davlat moliyasi uning ixtiyoridagi korxona, tashkilot, muassasalarning moliyasini ham o`z ichiga oladi, ya`ni bunda mikro va makro moliya bir-biriga chatishib ketadi. Aralash iqtisodiyot xususiyatiga ega bo`lgan davlat iqtisodiyotining moliyasi ham bozor va nobozor munosa-batlaridan iborat bo`ladi. Shuning uchun ham davlat moliyasi tarkibi murakkab bo`lib, davlat byudjeti, uyushtirilgan fondlar, davlat, kredit va korxonalar moliyasi kabilarni o`z ichiga oladi.
O`tgan davr mobaynida bank tizimi iqtisodiyotimizning ustuvor tarmoqlaridan hisoblangan energetika, kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, engil va mahalliy sanoatni rivojlantirishga salmoqli hissa qo`shdi.
Jumladan, Buxoro va Farg`ona neftni qayta ishlash zavodlari, Ko`kdumaloq neft koni, kimyo sanoatida “Navoiyazot” Qizilqum fosfor zavodi, Sho`rtan gaz-kimyo kombinati, YAngiyo`l tsellyuloza-qog`oz fabrikasi, Asaka avtomobil zavodi va unga tutash bo`lgan butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi o`ndan ortiq qo`shma korxona qayta qurilib, ishga tushirildi.
Moliya tizimi
Davlat moliyasi daromadlari avvalo, aytganimizdek, milliy daromad va milliy boylik qiymatining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonida paydo bo`ladi. Aniq holda davlat ixtiyoriga tekkan qismi hiso-biga shakllanadi. Buning ichki manbalari soliqlar, zayomlar, emissiyadan iboratdir.
Soliqlar davlat byudjetining manbai bo`lib, xo`jalik faoliyatini rag`batlantirish va ijtimoiy himoya qilish vazifalarini bajaradi. Albatta soliqning ob`ekt va sub`ektlari bo`lib, uning normasi, imtiyozliligi ham mavjud.
Davlat zayomlari qarz hisobiga shakllanadi. U korxona, tashkilotlar va fuqarolardan qarz olish hisobiga byudjet kamomadini qoplash maqsadida qo`llaniladi. Ular markaziy, mahalliy bo`lib, muhlati tugagach davlat tomo-nidan sotib olinadi. Emissiya qo`shimcha pullar chiqarish bilan bog`liq bo`lib, qo`shimcha daromaddir, ya`ni o`z xarajatlarini qoplay olmaganda qo`llash mumkin bo`lgan vosita hisoblanadi. Kredit emissiyasi ham bo`ladi. Basharti soliq va zayomlar etarli miqdorda bo`lmasa, emissiyadan foydalanishadi.
Bu manbalardan tashqari davlat moliyasiga uning iqgisodiy faoliyatidan keladigan tushumlar ham kirib, dividend, foiz, ijara haqlari, davlat mulkini sotish kabilardan kelgan daromadlar shular jumlasidandir. Albatta bu va bularga o`xshash daromadlar davlat xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Davlat moliyasining ikkinchi tomoni umumdavlat xarajatlaridir, bular asosan davlat byudjeti orqali amalga oshadi, ya`ni davlatning investitsiya ajratmalari, mudofaa xarajatlari, ijtimoiy ehtiyoj uchun ajratmalar, davlat boshqaruvi kabilarning moliyaviy manbai asosan uning byudjetidir. Davlat byudjeti asosiy xarajatlari-ning to`rt asosiy xili mavjud: 1) ishlab chiqarishni taraqqiy ettirish; 2) davlatga qarashli maorif, sog`liq-ni saqlash, ijtimoiy ta`minot; madaniyat tarmoqlarini pul bilan ta`minlash; 3) mavjud davlat idoralari xarajatlari; 4) mamlakat mudofaasini ta`minlash. Davlat byudjetining daromad qismi, albatta, birinchi navbatda, ana shu to`rt xil xarajatlarni to`la qoplashi zarur.
Dostları ilə paylaş: |