Bu juda ko‘p kuzatuvlardagina namoyon bo‘ladigan ko‘rsatkichlar orasidagi to‘liq bo‘lmagan, taxminiy bog‘lanishdir. Odatda, juft va ko‘p miqdorli korrelyatsiyalar farqlanadi. Juft korrelyatsiya – bu bitta omilli, boshqasi natijaviy bo‘lgan ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishdir. Ko‘p miqdorli korrelyatsiya esa natijaviy ko‘rsatkichlar bilan bir nechta omillarning o‘zaro ta’sirida ishlatiladi.
Korrelyatsion tahlilni qo‘llash bir yoki bir nechta omillar ta’siri ostida bo‘lgan natijaviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishini aniqlash (mutlaq o‘lchamda), har bir omildan natijaviy ko‘rsatkichning nisbiy bog‘lanish darajasini aniqlashda foydalaniladi.
Mehnat unumdorligi (Y) ning ishchilar yoshi (x) ga bog‘liqligi