Moliyaviy aktivlar haqida tushuncha


% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlar tarkibiga quyidagilar kiradi



Yüklə 150,53 Kb.
səhifə5/11
tarix07.01.2024
ölçüsü150,53 Kb.
#203682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
aktivlar haqida tushuncha

20% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Tijorat bankining boshqa banklardagi «Nostro» vakillik hisobraqamlaridagi pul mablagʻlari;
- Hukumatning 90 kundan ortiq muddatga chiqarilgan qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar;
- Flout (inkassatsiya jarayonidagi pul mablagʻlari);
- IHTT mamlakatlarida roʻyxatdan oʻtgan banklar va boshqa depozitar institutlarning kreditlari, kafolatlari bilan taʻminlangan kreditlar va boshqa aktivlar yoki ularning qismi; Bankning xalqaro kredit tashkilotlariga bergan kreditlari va boshqa talablari, shuningdek, ushbu tashkilotlarning qimmatli qogʻozlari bilan taʻminlangan talablar.
50% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlarga quyidagilar kiradi:
- Ipoteka kreditlari;
- IHTT davlatlarida roʻyxatga olingan depozitar institutlarga nisbatan talablar, shu jumladan, qarzlar va pul bozori vositalari;
- IHTT davlatlarida roʻyxatga olingan depozitar institutlarning kreditlari bilan taʻminlangan boshqa barcha aktivlar;
- Bankning IHTT davlatlari mahalliy hokimiyat organlariga nisbatan talablari, shuningdek, ular tomonidan kafolatlangan bank aktivlari. Bu talablar va kafolatlar boʻyicha toʻlovlar alohida loyihalar boʻyicha tushumlardan emas, balki yuqorida koʻrsatilgan tashkilotlar budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
- Bankning xalqaro kredit tashkilotlariga nisbatan talablari, shuningdek, bu tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari;
- Joriy bozor qiymatida baholangan va xalqaro kredit tashkilotlari tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar bilan taʻminlangan aktivlar va ularning qismlari;
- Bankning IHTTga aʻzo boʻlmagan mamlakatlarning milliy valyutalariga denominasiya qilingan va milliy valyutadagi majburiyatlar bilan qoplangan, IHTTga a‘zo boʻlmagan davlatlar Markaziy Hukumatlari va markaziy banklariga nisbatan 59 talablari. Milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada moliyalashtirish summasidan oshib ketgan aktivlar qismi risk darajasi yuqori (100 foiz) boʻlgan aktivlar qatoriga kiritiladi.

Yüklə 150,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin