Sertifikatni boshqa shaxsga uning auditorlik faoliyatida o‘z nomidan ishtirok etishi uchun ushbu hujjatdan foydalanishi maqsadida berganlik fakti aniqlanganligi
Sertifikatni boshqa shaxsga uning auditorlik faoliyatida o‘z nomidan ishtirok etishi uchun ushbu hujjatdan foydalanishi maqsadida berganlik fakti aniqlanganligi;
Auditorning nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlariga ko‘ra har xil tekshiruvlarni o‘tkazish uchun auditorlik tashkiloti va mazkur organlar o‘rtasida shartnoma tuzilmagan holda mutaxassis sifatida ishtirok etganligi;
Auditor bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq auditorlik tashkilotining xodimi yoki muassisi (ishtirokchisi) ekanligi fakti aniqlanganligi;
Auditor bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq auditorlik tashkilotining xodimi yoki muassisi (ishtirokchisi) ekanligi fakti aniqlanganligi;
Auditorning har yilgi malaka oshirish kurslaridan o‘tmaganligi.
Ushbu modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha o‘z sertifikatining amal qilishi tugatilgan auditor sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil davomida sertifikat olish haqidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.
Auditorlik tashkilotini auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarishga sabab bo‘lgan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbari va auditor sertifikatlarining amal qilishi auditorlik tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Vakolatli davlat organining sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror auditorga yoki ushbu auditor ishlayotgan auditorlik tashkilotiga besh kunlik muddatda yuboriladi.
Moliyaviy audit fanining predmeti xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va ularning faoliyatlari hisoblanadi. Ma’lumki korxonalar o’z ustavlariga asosan faoliyatlar yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, mehnat va moddiy resurslardan foydalaniladi. Korxonaning aktivlari doimo daromadga, foyda olishga qaratilgan bo’lishi kerak.