Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari


Xalqaro moliya bozorining shakllanish va rivojlanish bosqichlari. O„zbekistonning xalqaro moliya bozoriga integratsiyasi



Yüklə 64,76 Kb.
səhifə2/4
tarix18.05.2023
ölçüsü64,76 Kb.
#115854
1   2   3   4
Bozor munosabatlari shakllanayotgan mamlakatlar bank tizimining rivojlanish tendensiyalari

2. Xalqaro moliya bozorining shakllanish va rivojlanish bosqichlari. O„zbekistonning xalqaro moliya bozoriga integratsiyasi
Moliyaviy globallashuv jarayonlari natijasida moliyaviy resurslar oqimi, jumladan transchegaraviy oqimi hajmining ortishi, o’z navbatida xalqaro moliya bozorining kengayishi va jahon iqtisodiyotining rivojlanishida ushbu moliyaviy resurslar roli oshmoqda. Mazkur jarayonlarni rag’batlantiruvchi omillar sifatida, moliya bozorlarini liberalizatsiyalashuvi, bank tizimida kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi, moliyaviy operatsiyalar sohasida hosilaviy moliyaviy insturmentlardan (valyuta, foiz stavkalari,aktsiyalar bilan fyuchers, forvard kelishuvlari va boshqalar) keng foydalanish, shuningdek, moliya bozorining faoliyat ko’rsatish modelining o’zgarishi–bank modelidan 2000 yy. kelib, hukmronlik qiluvchi fondga o’tishi hamda ofshor markazlar faoliyatini faollashuvini ko’rsatib o’tish mumkin. Shu sababdan 1997–1998yy. va 2008y. krizislarning jahon moliyaviy krizisi nom olishi ham tasodifiy emas. Xalqaro moliya bozori ikki tomonlama bir tomondan boshqa bozorlar faoliyatini ta‘minlash uchun xalqaro hisob-kitoblar tizimiga va kreditlashga xizmat ko’rsatsa, ikkinchi tomondan o’z–o’zini ta‘minlaydigan (1990 yy. oxiri–2000 yy. boshi) bozorga aylandi, ya‘ni iqtisodiyotning real sektoriga bog’liq bo’lmagan xolda riskli aktivlarning moliyaviy operatsiyalardan daromad olish orqali faoliyatini amalga oshirmoqda47 . Xalqaro moliya bozorining rivojlanishi jahon puli va jahon xo’jaligi aloqalarining rivojlanishi bilan birga parallel ravishda yuz beradi. Xalqaro moliya bozori shakllanishning asosiy bosqichlari48 : I–bosqich. XIX asrning 1860- yy.: tashqi savdoning rivojlanishi. Valyuta bozorining shakllanishi. II–bosqich. XX asrning 1950- yy.: kredit mablag’larining milliy bozorlaridagi operatsiyalarning baynalminallashuvi. 1960- yy. xalqaro kredit mablag’lari bozorining shakllanishi. III–bosqich 1970- yy.: uzoq muddatli xalqaro kreditlar bozorining shakllanishi va xalqaro investitsiya bozorini tashkil etilishi. Milliy fond bozorlarining erkinlashuvi. Xalqaro fond bozorlarining shakllanishi. 1980 yy. transmilliy bank va kompaniyalarining yuqori sur‘atda rivojlanishi. Xalqaro investitsiya va fond bozorining yanada rivojlanishi. Xalqaro sug’urta bozoridagi birinchi tizimli operatsiyalar. Xalqaro kreditlar bozoridagi operatsiyalarning ko’payishi. IV–bosqich XX asrning 1990 yy.: moliya bozorining fond segmentini shiddat bilan rivojlanishi. Xalqaro derivativlar bozorining shakllanishi. XXI asrning 2000 yy. xalqaro derivativlar bozorining shiddatli rivojlanishi. Xalqaro moliya bozorining shakllanishi va rivojlanishi bevosita jahon xo’jaligi aloqalarining rivojlanishi, xususan uning tarkibiy qismi bo’lgan xalqaro savdo bilan paralel ravishda amalga oshgan. Jahon iqtisodiyotining faoliyati uchun zarur sharoit bo’lib, bu jahon bozorida kapitalning erkin harakatidir. XXI asrning ikkinchi yarmiga kelib, milliy iqtisodiyotning internatsionnalashuvi jarayonlarini tezlashuvi jahon iqtisodiyoti tizimining paydo bo’lishiga olib keldi. Jahon valyuta bozori tashkil topishining obyektiv zaruriyati paydo bo’ldi, ya‘ni zamonaviy xalqaro moliya bozori shakllanishining tarixiy birinchi bosqichi yuzaga keldi. Jahon valyuta bozori dunyo valyuta tizimining mexanizmi sifatida yetarli darajada uzoq muddat amal qilib keldi. Zamonaviy xalqaro moliya bozorining boshqa segmentlari amalda yuz yildan keyin (xalqaro kredit bozori,xalqaro fond bozori, xalqaro kredit bozori, sug’urta bozori) rivojlana boshladi. Shuning uchun, xalqaro moliya bozorining tarixiy birinchi modeli, jahon valyuta bozori hisoblanadi. Hosilaviy moliyaviy insturmentlar bilan savdo dinamikasining o’sib borishi, tez o’zgaruvchi xalqaro iktisodiy munosabatlar sharoitida moliya bozorining rivojlanishini ta‘minlashga qaratilgan yangi turdagi insturmentlarni jadal sur‘atlarda paydo bo’lishiga olib keldi. Global moliya tizimining hosilaviy moliyaviy insturmentlar bozori jahon moliyaviy-iqtisodiy tizimini izdan chiqaruvchi manba bo’lib qoldi. XXI asrning birinchi besh yilligi (2001–2006 yy.) iqtisodiy va moliyaviy sharoitlari uchun qulay bo’lgan davr (xalqaro foiz stavkalarining pastligi, dunyoda likvidlik darajasi ortiqchaligi, eksportga jahon talabini yuqoriligi) sifatida namoyon bo’lgan. Mazkur qulay holatdan foydalanib, ko’pgina o’rtacha daromadli mamlakatlar o’zining xorijiy valyuta rezervini jamg’arish, joriy to’lov balansini yaxshilash, qarz yukini pasaytirish va qarzni yanada samarali boshqarish ( qoplash muddati uzoq bo’lgan qarzlar) hisobidan to’lov qobiliyatini oshirish imkoniyatiga ega bo’lgan. Ko’pgina yirik qazdorlar esa ortiqcha valyuta rezervlaridan foydlanib, katta miqdordagi tashqi qarzlarini sotib olgan. Jahon moliya bozorining rivojlanishida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qadar quyidagi tendensiyalarni kuzatish mumkin51 : Birinchi tendensiya, 1995–2005 yillar davri davomida aktsiya va obligatsiya bozorlari jadal sur‘atlarda rivojlandi, bank depoziglari ulushi esa qisqarib bordi. Ushbu tendensiya 2006 yilga qadar davom etgan bo’lib, bunga 2006 yilga kelib, bank depozitlari avvalgi uch yilga nisbatan mutlaq qiymatda (5,6 trln. dollar) o’rtacha ikki barobarga oshgani o’z ta‘sirini ko’rsatgan. Uy–joy qurilishidagi shov– shuv (bum) tufayli depozitlar hajmining o’sishining asosiy manbai AQShga to’g’ri kelgan. Ikkinchi tendensiya, xalqaro moliya bozorida moliyaviy chuqurlashuvning kuchayishi bo’lgan. Uzoq yillar davomida moliya bozorlari jahon YaIM ga nisbatan va barcha hududlarda tez o’sgan. Jahon moliya bozorining ―moliyaviy chuqurligi‖ ko’rsatkichi 2006- yilda 345% ga teng bo’lgani holda 2007- yilda 359% ga yetgan. 1996 -yilda 33 ta mamlakatning moliyaviy aktivlari hajmi YaIM hajmidan ortiq bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2006- yilga kelib, ikki baravarga ko’payib, mamlakatlar soni 72 tani tashkil etgan. Uchinchi tendensiya, xorijiy investitsiya darajasini o’sishi, moliya bozorlarining bir–biriga bog’liqligini kuchayishi. Axborot ochiqligi, yangi texnologiya kommunikatsiyalar kapital oqimi harakatini yana tezlashtirish imkoniyatini beruvchi global bank va vositachilarni vujudga keltirdi. Kelishuvlarning amalga oshirish xarajatlarini minimal darajagacha qisqarishi, ko’p mamlakatlarda xorijiy kapital harakati bo’yicha cheklovlarning liberalizatsiyalashuvi natijasida, xorijiy investitsiyalar hajmini o’sishi tezlik olib, kapital bozori globallashuning yyetakchi kuchiga aylandi. Agarda 1990- yilda xorijiy investor dunyodagi korporativ obligatsiya hajmini 7 foiziga egalik qilgan bo’lsa, 2007 yildagi ulushi 21 foizga yetgan. To„rtinchi tendensiya, xorijiy qarz va kredit berilishining keskin o’sishi. 2006 yilda xorijiy qarz va kreditlar hajmi 3,5 trln. dollar yoki 2002 yilga nisbatan solishtirilganda to’rt baravarga ortgan. 2006 yilda moliya bozorining yirik segmenti–xorijiy obligatsiyalarga qo’yilma miqdori 2,6 trln. AQSh dollarini tashkil etgan. Ushbu ko’rib o’tilgan davrlarda moliyaviy aloqalarning kengayishi rivojlanayotgan bozorlar rolini kuchayishi hisobiga amalga amalga oshgan. Bunga asosiy ikki omilni keltirib o’tish mumkin: investorni yuqori daromad keltiruvchi aktivga talabini o’sib borishi va ularning investitsiyani diversifikatsiya qilishga bo’lgan istagi, ikkinchidan, xalqaro transaktsiyalarda ishtirok etuvchi kompaniyalarning soni ortib borishi. Shunga qaramasdan kompaniyalarga jahon kapital bozorida aktivlarini olishda bir qator to’siqlar mavjud bo’lgan:  informatsion barerlar, tahlilchilarga kompaniyalarning kredit sifati va o’sish potentsialini aniqlash yuzasidan bo’lgan ma‘lumotlar;  kompaniya boshqarishdagi (axborot, hisob) kuchsiz va takomillashmagan standartlar;  valyuta kurslarini boshqarish;  kompaniya daromadini doimiy emasligi va kompaniya biznes siklini baholash;  mamlakat riski. Respublikamizda moliya bozorining shakllanishi va rivojlanishi mamlakatda olib borilgan iqtisodiy islohotlar asosida besh bosqichni bosib o’tgan52 . Birinchi bosqich. 1991–1993 yillarni qamrab olib, milliy moliya bozori poydevorining yaratilishi va bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan institutsional tarkibning shakllanishi bilan bog’liq. Ikkinchi bosqich. 1994–2000 yillarni o’z ichiga olib, milliy moliya bozorida bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan mexanizmlarning ishlashiga zamin yaratilishi va moliya bozoridagi dastlabki raqobat muhitini shakllanishi bilan xarakterlanadi. Uchinchi bosqich. 2001–2006 yillar davriy oralig’ida bo’lib, moliya bozorini erkinlashtirilishi va yangi moliya bozori segmentlari rivojlanishini o’zida mujassamlashtiradi. To„rtinchi bosqich. 2007–2010 yillarni o’z ichiga oladi va uni moliya bozorini kapitallashuv darajasining oshirilishi, tartibga solish va modernizatsiyalash jarayonlarini jadallashuvi hamda uning shaffofligini oshirish bilan tavsiflash mumkin. Beshinchi bosqich. 2011- yildan keyingi davrni namoyon etadi va bu davrda moliya bozori barqarorligini oshirish hamda uni yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishgan holda rivojlanishini ta‘minlashga ustuvorlik berilmoqda. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli iqtisodiy islohotlar jarayonida qimmatli qog’ozlar munosabatlariga doir qabul qilingan qator qonun hujjatlarini amalda tatbiq etilishi natijasida yurtimizda fond bozori izchil shakllana boshladi. Bu borada ko’plab qonun hujjatlari qatorida muhtaram Prezidentimizning 2012- yil 19- martdagi «Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ1727-sonli qarorlarini qabul qilinishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu qarorga asosan qimmatli qog’ozlar bozorida investorlar uchun yaratilgan qulayliklarni yanada kengaytirish va qimmatli qog’ozlar bilan savdo qilishning zamonaviy usul va texnologiyalarini o’zlashtirish maqsadida Koreya fond birjasi hamkorligida respublikamiz fond bozorini yanada modernizatsiya qilish bo’yicha Yagona dasturiy–texnik kompleksini yaratish va uni amaliyotga joriy etilishi belgilab berilgan. Shuningdek, mazkur qarorga asosan qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatidan olingan daromadlari 2016- yilgacha soliq to’lovlaridan ozod etilgan bo’lib, iqtisod qilingan mablag’lar ushbu soha orqali investitsion faoliyatni yanada rivojlantirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishda ularning moddiy–texnik bazasini mustahkamlash bo’yicha qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012- yil 22- maydagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2012- yil 19- martdagi PQ–1727–son qarorini amalga oshirish chora– tadbirlari haqida № 140 sonli qarorining 3 banddiga binoan, Koreya fond birjasi fond bozori uchun umumiy summasi kamida 6 mln. AQSh dollari bo’lgan Yagona dasturiy– texnik kompleksni yetkazib berish va joriy etishga "Toshkent" respublika fond birjasi"ning bitta aktsiya kam 25 foiz miqdoridagi aktsiyalar paketini ayirboshlash bo’yicha Koreya fond birjasi bilan shartnoma tuzilishini ta‘minlashi deb belgilangan. Koreya fond birjasining ―Toshkent‖ Respublika fond birjasiga 2013 yilning oxirida yagona texnik dasturini joriy qilish yakunlanadi.Ushbu texnik dasturning kimmatli kog’ozlar bozorining ishtirokchilariga avzallik tomonlari kuyidagilardan iborat: • birja operatsiyasida ―on-layn‖ tizimini yanada rivojlantirish imkoniyati ega bo’ladi. •Jismoniy va yuridik shaxslarni internet orqali fond bozoriga jalb qilish ya‘ni bo’sh turgan pul mablag’larini fond bozori orqali qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bilan shug’ullanib qo’shimcha daromad olish manbai paydo bo’ladi. • Tijorat banklari, sug’urta kompaniyalari, aktsiyadorlik jamiyatlar o’zining koshida yirik brokerlik idoralari ochilib, qimmat kog’ozlar bozorida anderrayterlik va market-meykerlik faoliyati orqali yangi daromad olish manbaiga ega bo’lishga erishadi. •Bir kun bir dona aktsiyaning oldi-sotdi operatsiyasi bir necha marta amalga oshirishga erishiladi.

Yüklə 64,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin