Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning qoldiq (balans) qiymatini, nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi bian bog‘liq bo‘lgan bilvosita soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi (7-son BHMS-ning (AV tomonidan 27.06.2005 y.da 1485-son bilan ro‘yxatga olingan) 66-bandi va Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (AV tomonidan 14.01.2006 y.da 1539-son bilan ro‘yxatga olingan) 3-paragrafi).
Nomoddiy aktivning sotilishidan ko‘rilgan moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlash chog‘ida ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivni qo‘shimcha baholash saldosi, ya’ni mazkur nomoddiy aktivni ilgarigi qo‘shimcha baholashlar summasining ilgarigi qiymatning kamayishi summasidan yuqorisi bir vaqgning o‘zida “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bo‘yicha rezerv kapitalyuti kamaytirish bilan nomoddiy aktivning sotilishidan ko‘rilgan daromad sifatida “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti kreditiga kiritiladi.